FIFA xavfsizlikni maqul ko'rdi: Iroq - BAA uchrashuvi Bag'doddan Ar Riyodga ko'chirildi
21 mar 2022 12:20
Yangiliklar
FIFA xavfsizlikni maqul ko'rdi: Iroq - BAA uchrashuvi Bag'doddan Ar Riyodga ko'chirildi
8 mart kuni FIFA va OFK JCH saralash bosqichidan o'rin olgan Iroq - BAA uchrashuvi Iroq poytaxtida bo'lib o'tishini elon qilgandi.
Bu xabarni iroqlik muxlislar katta quvonch bilan qarshi olishgandi. Biroq yaqinda FIFA o'z qarorini o'zgartirib, o'yin Bag'doddan Saudiya Arabistoni poytaxti Ar Riyodga ko'chirilganini malum qildi.
FIFA va OFK bunga sabab sifatida xavfsizlikni ko'rsatdi. Oradan 8 yil o'tib FIFA Iroqqa o'z maydonida o'yin o'tkazishga ruxsat bergandi, lekin bu xursandchilik ham uzoq davom etmadi. Natijada neytral joy sifatida Ar Riyod tanlandi. Iroq va BAA milliy termalari o'rtasidagi bahs 24 mart kuni bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-23 Осиё Кубоги. Эрон билан дуранг ўйнадик. Гуруҳдан чиқиш масаласи охирги турга қолди
"Барселона" Испания Суперкубоги финалида "Реал"ни мағлуб этиб, бош совринни қўлга киритди
Бугун Испания Суперкубоги финали доирасида “Эл класико” бўлиб ўтади
Эронга қарши учрашувдан сўнг Равшан Ҳайдаров нималар деди?
Fikrlar