So’nggi yangiliklar

19:31Ўзбекистонлик ҳакамлар “SEA Games Thailand 2025” мусобақасида фаолиятини давом эттиради  0 19:04А Серия. "Милан" 77-дақиқада тўп ўтказиб юборган ҳолда, ўз уйида "Сассуоло"ни мағлуб этолмади  5 18:22"Удинезе" — "Наполи". Таркиблар маълум  0 18:08Суперлига ўтиш ўйинини ким бошқаради?  4 17:49"Манчестер Сити" ва "Тоттенхэм" ўйинлари учун таркиблар маълум  16 17:33Марко Станоевич Ўзбекистондаги фаолияти, "Насаф"дан кетиши ва унга қарши ўйнаган энг яхши футболчилар ҳақида гапирди   1 16:54"Персеполис" — "Алуминиум Арак". Таркиблар маълум  1 16:15"Насаф": Умар Эшмуродов билан шартнома узайтирилди  0 15:13"Гулистон" 16 декабрдан ўқув-йиғин машғулотларига киришади. Клуб президенти, директори ва бош мураббийи маълум  13 14:31"Тоттенхем" 70 миллионлик форвардни нишонга олди  4 13:57"Реал" янги ҳимоячининг трансфери бўйича келишиб олди  2 13:11"Реал" Камавингага нарх қўйди  7 12:22"Реал" "Манчестер Юнайтед"дан ҳимоячи сотиб олиши мумкин  4 12:00TVCOM'да бугунги тақвим: “Сити”, “Бавария”, “Реал” ва бошқалар  0 11:34"Реал" Хаби Алонсони бугуноқ истеъфога чиқариши мумкин  29

Fevzi Davletov: "Surxon" keyingi mavsumda Termizga qaytadi. "Neftchi" bugun yaxshi himoyalandi" Yangiliklar

Fevzi Davletov: "Surxon" keyingi mavsumda Termizga qaytadi. "Neftchi" bugun yaxshi himoyalandi"

Superliga 24-tur doirasidagi "Surxon" - "Neftchi" o'yinidan so'ng termizliklar bosh murabbiyi Fevzi Davletov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Bugun g'alaba qozona olganimizda, sovrinli o'rinlar uchun kurashish imkoniyatimiz qolar edi. Natija esa bunday bo'lmadi. Durang adolatli natija bo'ldi. Bunday bahslarda ko'p vaziyatlarga ega bo'lmasligingiz mumkin. "Neftchi" bugun yaxshi himoyalandi", - dedi Fevzi Rizaevich bugungi o'yin haqida.


- "Surxon" jamoasidagi natijalar ancha barqaror bo'lib qoldi. O'tgan mavsum jamoa 6-o'rinni egallagandi. Joriy mavsum esa jamoa 7-o'rinni egallab turibdi. Homiylar klubning faoliyatiga qanchalik qiziqish bildirmoqda? Homiylar jamoa natijasidan qanchalik qoniqmoqda?

- Rahbariyat har doim biz bilan aloqada. Kecha ham telefon orqali bog'langan edik. Bugun ham telefon qilishdi. O'tgan mavsumda oltinchi o'rinda edik. Joriy mavsum esa natijamizni yanada yaxshilab olishimiz kerak edi. Samarqanddagi so'nggi uchrashuvlarda ko'p narcha yo'qotdik. Umumiy qilib aytsak, jamoa rivojlanishda davom etmoqda. Ayrim bir bahslarda hujumda yaxshi o'ynay olmadik. Esingizda bo'lsa, bir vaqt muqaddam bizning hujumchimiz qizil kartochka tufayli chetlatilgandi. O'shanda biroz muammolarga duch kelgandik.

- Men klubning bosh homiysi Baxtiyor Fozilovni nazarda tutgandim. U inson futbolga qanchalik qiziqadi? "Surxon" jamoasi aynan Samarqandda o'ynayotgani shu bilan bog'liqmi?

- Yo'q. Bizning stadionimizda rekonstrukciya ishlari olib borilmoqda, shu sababli biz bu erdamiz. Umid qilamanki, keyingi mavsumda jamoamiz to'liq Termizda tayyorgarlik olib boradi. Bosh homiyimiz futbolga qiziqishi katta ekanligini bilamiz. Bizga ishonch bildirishmoqda.

- "Surxon" jamoasi mavsumning ikkinchi qismini Samarqandda o'tkazgani Baxtiyor Fozilov bilan bog'liq emasmi?

- Yo'q. Bu masala bilan PFL shug'ullanadi-ku. Bizda boshqa stadion yo'q edi. SHu sababli biz shu erga ko'chdik.

- Demak jamoa bosh homiysi "Surxon"ning ettinchi o'rinda ekanligidan qoniqmoqdami?

- Ha. Natijadan rahbariyat rozi.

- "Surxon" qachon Termizga qachon qaytadi?

- Keyingi mavsumda. Biz faqatgina Kubokda yaxshi ishtirok eta olmadik deb o'ylayman. Sababi finalga chiqish uchun juda yaxshi imkoniyatlarga ega edik.

- Superliga yakunlanishiga qadar ikkita bahs qoldi. Natijalardan qanchalik qoniqyapsiz?

- Muvaffaqiyatsiz o'yinlar ham bo'ldi, albatta. Biz qiyin jarayonlardan o'tdik. Jamoa o'z oldiga qo'ygan maqsadi bor. O'z o'yinimizni yanada yaxshilashga intilishimiz kerak.

- "Surxon" jamoasida moliyaviy muammolar bor degan xabarlar tarqaldi. Klubda bir necha oydan beri maoshlar berilmayotganmish? Bu rostmi?

- Bu darajada katta muammolar yo'q. Barchasi yaxshi. Hozirgi kunda so'nggi oydagi mablag'larimizni to'lab berishlari kerak, xolos.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика