Ferran Torres faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin
07 apr 2025 20:00
Yangiliklar
Ferran Torres faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin
"Aston Villa" klubi Kataloniyaning "Barselona" jamoasi vingeri, ispaniyalik Ferran Torresni 50 mln evroga sotib olishga tayyor.
Bu haqda "El Nacional" nashri xabar bermoqda.
Takidlash joizki, Birmingem klubida allaqachon yulduzli tarkib to'plangan. Torres Aksel Disasi, Ezri Konsa, Markus Reshford, Lyuka Din, Pau Torres, Doniell Malen, Marko Asensio va boshqa taniqli futbolchilar safiga qo'shilish ehtimoli bor.
"Aston Villa"ni ispaniyalik mutaxassis Unai Emeri boshqarmoqda. Birmingem jamoasi 5 aprel kuni o'z maydonida "Nottingem Forest"ni 2:1 hisobida mag'lub etdi.
Ayni paytda "Aston Villa" 51 ochko bilan APLda 6-o'rinni egallab turibdi.
9 apreldan 10 aprelga o'tar kechasi Asensio va uning sheriklari Chempionlar Ligasi chorak final bosqichining birinchi o'yinida "Pari Sen-Jermen"ga qarshi maydonga tushadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Реал" ярим финалда "Атлетико"ни мағлуб этди, финалда "эл класико" кўрамиз
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Fikrlar