Ferran Torres APLga yo'l olishi mumkin
05 mar 16:23
Yangiliklar
Ferran Torres APLga yo'l olishi mumkin
Angliyaning "Aston Villa" klubi "Barselona"ning ispaniyalik forvardi Ferran Torresning xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.
Futbolchining universalligi, turli hujum poziciyalarida o'ynay olishi va APLdagi tajribasi uni tarkibni kuchaytirish uchun ideal maqsadga aylantiradi. Qayd etilishicha, Torresning agentlari yangi klubning taklifi va sport loyihasi ishonchli bo'lsa, "Barselona"ni tark etishni istisno qilmagan.
Shu bilan birga, Kataloniya klubi bosslari hujumchining kelajagi bo'yicha yakuniy qarorga kelmagan. Ferran Torres joriy mavsum "Barselona" safida barcha musobaqalarda 29ta o'yin o'tkazib, 11 ta gol va uchta golli uzatma qayd etdi. Bungacha ispaniyalik futbolchi "Manchester Siti" sharafini himoya qilgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar