"Fenerbaxche" "Fiorentina" futbolchisini 10 mln evroga sotib olmoqchi
01 avg 2024 21:55
Yangiliklar
"Fenerbaxche" "Fiorentina" futbolchisini 10 mln evroga sotib olmoqchi
"Fenerbaxche" Sofyan Amrabat uchun "Fiorentina"ga 10 mln evro taklif qilmoqchi.
"Corriere dello Sport"ning yozishicha, Joze Mourinyu bosh murabbiyligidagi klub ushbu transferni amalga oshirishga yaqin turibdi.
27 yoshli futbolchining xizmatlariga "Olimpiakos" va "Galatasaroy" tomonidan qiziqishlar bo'ldi. Biroq ular "Fiorentina" so'ragan pulni to'lay olmadi.
Garchi italiyaliklar transferdan 15 mln evro talab qilgan bo'lishsa-da, turk klubining ushbu taklifiga ijobiy qarashgan.
Marokashlik futbolchi o'tgan mavsumni ijara asosida "Manchester Yunayted" tarkibida o'tkazdi va 30 o'yinda maydonga tushdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-23 Осиё Кубоги. Эрон билан дуранг ўйнадик. Гуруҳдан чиқиш масаласи охирги турга қолди
Испания Суперкубоги. "Барселона" ва "Реал" бош соврин учун кураш олиб бормоқда (онлайн ҳисоб)
Бугун Испания Суперкубоги финали доирасида “Эл класико” бўлиб ўтади
Эронга қарши учрашувдан сўнг Равшан Ҳайдаров нималар деди?
Fikrlar