Feliks "Manchester Yunayted"ga qarshi o'rtoqlik o'yinidagi "Atletiko"ning g'alabasiga izoh berdi
01 avg 2022 10:44
Yangiliklar
Feliks "Manchester Yunayted"ga qarshi o'rtoqlik o'yinidagi "Atletiko"ning g'alabasiga izoh berdi
"Atletiko" hujumchisi Joau Feliks "Manchester Yunayted" (1:0)ga qarshi o'rtoqlik o'yini doirasidagi g'alabaga izoh berdi.
Portugaliyalik forvard ikkinchi taymning so'nggida g'alaba golini kiritdi.
"Anchadan beri o'ynamagandim va qaytganimdan juda ham mamnunman. Oldingi mavsumlarda imkon qadar yaxshiroq ishtirok etishga harakat qildim. Bu mavsum men uchun muvaffaqiyatli bo'ladimi yoki yo'q, buni bilmayman. Biz oldinni ko'ra olmaymiz. Ammo, sizni yuqori darajada bo'lish va jamoaga yordam berish uchun barchasini qilishimga ishontira olaman", — deydi Feliks.
22 yoshli hujumchi o'tgan mavsum madridliklar safida barcha musobaqalarda 34ta o'yinda maydonga tushib, 10ta gol va 6ta assist qayd etdi. Hujumchining "Atletiko" bilan shartnomasi 2026 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал" "оловли" ўйинда Мбаппе ва Беллингемнинг голи эвазига "Барселона"ни мағлуб этди
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" марказий тўқнашувда ОКМК билан дуранг ўйнади
Суперлига. Турнинг сўнгги баҳсида "Сурхон" "Андижон"га ҳеч қандай имконият қолдирмай йирик ҳисобда мағлуб этди
Рўзиқул Бердиев: "Нефтчи" чемпион бўлса, қаҳрамонларни майдондан излаш керак эмас. Менинг ҳолатимга тушиб кўрсангиз биласиз"
Fikrlar