Farhod Sohibjonov: "O'zimiz kutgan darajada o'ynay olmadik"
08 mar 2022 12:33
Yangiliklar
Farhod Sohibjonov: "O'zimiz kutgan darajada o'ynay olmadik"
Pro liganing 1-turidan o'rin olgan "Zomin" - "Andijon" (0:0) uchrashuvidan keyin mehmonlar futbolchisi Farhod Sohibjonov fikrlariga quloq tutdik.
"O'yin boshidan o'zimiz kutgan darajada o'ynay olmadik. Mavsumning birinchi bahsi bo'lgani uchun bo'lsa kerak, xatolar kuzatildi. Stadion holati juda yaxshi edi. Aytish kerakki, maydon ikkala jamoaga ham qiyinchilik tug'dirgani yo'q.
"Zomin" ham mavsumga yaxshi tayyorgarlik ko'rgani sezildi. Ular ham yaxshi o'ynadi. Qiziqarli bellashuv bo'ldi.
O'yin oxirida g'alabani ilib ketishimiz mumkin edi. Lekin omad bizdan yuz o'girdi. Bu natija uchun muxlislarimizdan uzr so'raymiz va keyingi o'yinlarda jamoamiz g'alabalari bilan ishqibozlarimizni xursand qilamiz.
Maqsadimiz - Superligaga qaytish. Mavsum yakuniga qadar ijobiy natijalar qayd etib, vazifani bajarishga intilamiz", - deydi Sohibjonov.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади
Fikrlar