So’nggi yangiliklar

02:57Ла Лига. Мбаппе ва Родригонинг голи "Реал"га меҳмонда "Алавес" устидан ғалабани тақдим этди  19 02:37А Серия. "Ювентус" меҳмонда "Болонья" устидан минимал ғалабага эришди  3 02:18Бутун дуне асабига ўйнаган вазир ёҳуд Мессининг Хиндистондаги "дўсти"  3 00:28Туркия Суперлигаси. Шомуродов тўпурарлик пойгасида етакчи бўлиб олди  6 00:06А Серия. "Интер" меҳмонда ғалабага эришди  1 23:58Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди  45 23:49Бундеслига. "Бавария" ва "Боруссия" рақибларини мағлуб эта олмади  1 23:05Хосеп Гвардиола АПЛда Алекс Фергюсоннинг рекордини янгилади  1 22:38"Тоттенхэм” испаниялик футболчи учун 70 млн евро таклиф қилди  0 22:10Саудия Арабистони шаҳзодаси "Барселона"ни сотиб олиши мумкин  21 21:39А Серия. "Наполи" меҳмонда "Удинезе"га мағлуб бўлди  1 21:09АПЛ. "Ман Сити" йирик ғалабага эришди, Ҳусанов захирада қолдирилди, "Тоттенхэм"да эса йирик ҳисобда мағлуб бўлди  37 20:10Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Трактор" ғалабага эришди, Ўрунов ва Ҳамробеков майдонда ҳаракат қилишди  1 19:31Ўзбекистонлик ҳакамлар “SEA Games Thailand 2025” мусобақасида фаолиятини давом эттиради  2 19:04А Серия. "Милан" 77-дақиқада тўп ўтказиб юборган ҳолда, ўз уйида "Сассуоло"ни мағлуб этолмади  8

Farhod Nishonov: "Kubok o'yinlarida yanada uzoqroq borishni maqsad qilgandik" Yangiliklar

Farhod Nishonov: "Kubok o'yinlarida yanada uzoqroq borishni maqsad qilgandik"

O'zbekiston Kubogi 1/8 finaldan o'rin olgan "Paxtakor" – "Olimpik-MobiUz" (2:1) uchrashuvidan so'ng matbuot anjumanida "Olimpik-MobiUz" bosh murabbiyi Farhod Nishonov ishtirok etdi.

- O'yin haqida fikringiz?

- "Paxtakor"ni keyingi bosqichga chiqqani bilan tabriklayman. Bugun biz yaxshi va kuchli jamoaga qarshi o'ynadik. "Paxtakor" mahorat bobida ustun ekanini ko'rsatdi va g'alaba qozonib keyingi bosqichga yo'l oldi.

- Jamoangizning Kubokdagi ishtirokini qoniqarli baholasa bo'ladimi?

- To'g'risini aytsam, Kubok o'yinlarida yanada uzoqroq borishni maqsad qilgandik. Nimchorak finalda "Paxtakor" bizga raqib bo'lgani ham o'z niyatimizdan qaytarmagandi. To'g'ri, "Patakor" kuchli, lekin biz ham o'z futbolchilarimizga ishongandik. Jamoamiz kuchli raqibga qarshi qo'rqmay tengma-teng o'ynadi, meni shu xursand qildi.

- Hakamlik haqida nima deya olasiz? Uchrashuv oxirlarida bahsli penalti vaziyati yuzaga keldi, qolaversa jamoangiz tomonidan kiritilgan gol inobatga olinmadi.

- Menda hali takroriy vaziyatlarni ko'rib chiqish uchun vaqt bo'lmadi. Bugungi bahsda VAR ishladi, hakamlar VARga murojaat etishdi, qaror qabul qilishdi. Bu savollarni Hakamlar qo'mitasiga qoldirgan maqul, chunki bu bizning ishimiz emas. Shu o'rinda hakamlarga etirozim: o'yinda to'xtalish ko'p bo'ldi, lekin hakamlar kam vaqt qo'shdi.

- Klub bosh homiysi "MobiUz" kompaniyasi sotuvga qo'yilgani jamoaga o'z tasirini ko'rsatyaptimi?

- Yo'q, bu haqda endi sizdan eshitdim. Jamoadagi hamma ishlashda davom etyapti. Bu ham Olimpiada uchun loyihaning bir qismi, shu bois mablag' tomonlama muammo ko'rmayapman.

- Jamoangizda yaqqol etakchi yo'qligi sezildi. Balki tajribali yosh katta bir-ikki nafar o'yinchini qo'shib olgan maquldir?

- To'g'ri, tajribali futbolchilar bo'lsa yaxshi. Lekin biz navbatdagi Olimpiya o'yinlari yo'lidagi loyiha bo'lganimiz uchun o'z yo'limizni o'zgartira olmaymiz. Avvalgi "Olimpik" ham yoshlardan iborat edi va ular vazifani bajarishdi. Biz ham shunga harakat qilamiz.

- "Olimpik-MobiUz" Proligada peshqadamlik qilmoqda. Superligaga chiqish yo'lida jamoangiz qiynalib qolmaydimi?

- Tarkibimizga yana ikki-uch nafar yaxshi futbolchi kerak. Lekin qiynalib qolamiz deb o'ylamayman. Futbolchilardan ko'nglim to'q, hamma astoydil mehnat qilyapti. Faqat vaziyatlarni golga aylantirish borasida yanada ko'proq ishlashimiz kerak.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика