So’nggi yangiliklar

08:48"Нефтчи" таркибига нигериялик футболчи қўшилди  1 08:26Эрон клуби Одил Ҳамробеков трансфери учун "Бунёдкор"га қанча тўлади?  0 07:52"Интер Майами" "Ред Буллз"ни 5:1 ҳисобига ютди — Мессидан дубль  7 07:10"Бунёдкор" дарвозабони ОКМКга ўтди  0 00:44"Барселона" Рэшфордни 30-35 млн еврога сотиб олиш ҳуқуқига эга бўлади. МЮ 50 млн хоҳлаганди  3 00:12"Реал" ярим ҳимоячисини 20 млн еврога сотмоқчи  1 23:27Икки футболчи "Машъал" билан хайрлашди  0 22:53Ўзбекистон U-23 ўртоқлик ўйинида "Бунёдкор" билан дуранг ўйнади  5 22:16Эшитдик-да! "Андижон"ни тарк этган дарвозабон Тошкент клубига ўтмоқда  1 22:04"Шўртан" 7 та гол урилган ўйинда амалдаги чемпион "Насаф"ни мағлуб этди  4 21:28"Хоразм" августдан бошлаб уй ўйинларини вақтинча Олмалиқда қабул қилади  7 20:57Шкриньяр "Фенербахче" билан 4 йиллик шартнома имзолайди  1 20:21"Пахтакор" ва "Локомотив" ўртасидаги назорат ўйинида тўртта гол урилди  5 19:57"Нефтчи" футбол клубининг қароргоҳида очилиш маросими бўлиб ўтди  16 19:28Рэшфорд "Барселона"га ўтиш арафасида  7

Farg'ona shahrida bolalar futbol musobaqasi tashkil etildi Yangiliklar

Farg'ona shahrida bolalar futbol musobaqasi tashkil etildi

2019 yil 25-26 fevral kunlari Farg'ona shahar 1-bolalar o'smirlar sport maktabi futbol maydonida "2019-yil Faol investiciyalar va ijtimoiy rivojlanish yili"ga bag'ishlab 2006-2007 yilda tug'ilgan o'smirlar o'rtasida Farg'ona vodiysi ochiq CHempionat musobaqasi bo'lib o'tdi.

Mazkur musobaqada jami 8 jamoa g'oliblik uchun kurash olib bordi.

Ushbu musobaqani o'tkazishdan maqsad o'quvchi-yoshlar o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ular o'rtasida do'stona munosabatlarni shakllantirish, iqtidorli yoshlarni ko'llab-quvatlash, sportning futbol turini ommalashtirish kabi ustuvor masalalarni qamrab olgan.



Musobaqada Farg'ona shaxar 1-bolalar o'smirlar sport maktabi sharafini “Ipakchi” hamda “Yoshlik” jamoalari himoya  qildilar.   SHuningdek “Neftchi SK” (Farg'ona shaxri), Quva tuman BO'SM jamoasi, “Everest” (Asaka tumani), “Do'stlik” (Andijon shaxri), “Bo'ston BO'FM” (Bo'ston tumani) va “Dinamo” (Andijon shaxri) jamoalari ishtirok etdilar.

Musobaqa Halqaro Futbol federaciyasining (FIFA)  qoidalariga asosan  o'tkazildi. Har bir o'yin 40 daqiqa vaqt davomida o'tkazildi.  (20 daqiqadan 2 bo'lim, 5daqiqa tanaffus) G'oliblik uchun kurash juda keskin va qiziqarli kurashlarga boy bo'ldi. Jamoalar 2 guruhga bo'lingan xolda o'yin o'tkazdilar. Qura natijasiga ko'ra:

“A” guruhi: “Ipakchi”, “Everest”, “Do'stlik”, Quva tuman BO'SM.
“B” guruhi: “Yoshlik”, “Bo'ston BO'FM”, “Dinamo”, “Neftchi SK”



Guruhlarda birinchi o'rinni egallagan jamoalar final yo'llanmasini qo'lga kiritdilar. O'z guruhida 2-o'rinni egallagan jamoalar esa musobaqada 3-o'rinni olish uchun bellashdilar.

Musobaqada 1-o'rin Farg'ona shahar 1-bolalar o'smirlar sport maktabining “Ipakchi”  jamoasiga nasib etdi.   2-o'rin  Andijon  shaxrining  “Dinamo”  jamoasi 3-o'rinni esa Asaka tumanining “Everest”jamoalari egalladilar.


Musobaqaga tashrif buyurgan mehmonlar xamda ota-onalar o'yinlarning qiziqarli, shiddatli va murosasiz ruhda o'tganligiga guvoh bo'ldilar.

Musobaqada g'olib va sovrindor jamoalar xomiylar va Farg'ona shahar 1-BO'SM mamuriyati tomonidan I,II,III darajali diplom, medal hamda qimmatbaho sovg'alar  bilan taqdirlanadilar.


M.Fozilov
Farg'ona shahar 1-sonli bolalar o'smirlar sport maktabi uslubchisi


Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика