So’nggi yangiliklar

13:58Суперлига. Плей-офф: "Арал" "Бухоро" билан рўбарў келмоқда (онлайн ҳисоб)  9 13:39Шомуродов рамзий жамоадан жой олди  0 12:40TVCOM'да бугунги тақвим: Суперлигага ўтиш ўйини, “Челси” сафарда ва бошқалар  1 12:38"Рома" Дибаланинг жамоадаги келажаги бўйича қарор қабул қилди  0 12:10Санжар Қувватов собиқ жамоасига қайтди  7 11:43Водий клублари Ўзбекистон МТЖ аъзосига даъвогарлик қилмоқда  4 11:18Ўзбекистонлик футболчи Косовога йўл олмоқда  2 10:42Алонсонинг ўрнига яна бир даъвогар пайдо бўлди  3 10:15"Навбаҳор" келаси мавсум уй учрашувларини қайси стадионда ўтказиши маълум  13 09:46Кечаги аламли натижадан сўнг Аморим нималар деди?  3 09:18ОКМК етакчиларидан бир легионер бўлишга яқин  4 08:50The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди  12 08:17"Андижон" етакчиларидан бир фаолиятини Тошкентда давом эттиради  3 07:46Суперлига плей-офф. Бугун келаси мавсумнинг сўнгги Суперлига иштирокчиси аниқланади  15 03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  1

"Faoliyatim boshqacha bo'lishi mumkin edi". Ilyos Zeytullaev Italiya A Seriyasida mustahkam o'rnashib qola olmaganining sababini aytdi Yangiliklar

"Faoliyatim boshqacha bo'lishi mumkin edi". Ilyos Zeytullaev Italiya A Seriyasida mustahkam o'rnashib qola olmaganining sababini aytdi

"Bunyodkor" bosh murabbiyi Ilyos Zeytullaev "Fint To'raeva" podkastida futbolchilik faoliyatining Italiyada o'tgan davrini esladi.

"To'g'risini aytsam, o'sha davrdagi "Yuventus"da mustahkam o'rnashib olishning iloji yo'q edi. Atrofingda shunday yulduzlar bo'lsa-yu, buni qanday amalga oshirish mumkin? Ammo "Yuventus"da qolib, ijaraga yo'l olganimda, kareram boshqacha yo'nalishda rivojlanishi mumkin edi. Shunday yo'l tutganlarning barchasi keyinchalik A Seriyada eng yuqori darajada o'yin namoyish etishdi.

Ular bosqichma-bosqich harakat qilishdi. "Yuventus" yosh futbolchilarni B Seriyaga ijaraga berardi, u erda ular har bir o'yinda to'liq 90 daqiqa davomida maydonda bo'lishardi. Men "Parma" yoki "Askoli"ga o'tishim mumkin edi, ikkala klub ham jiddiy qiziqish bildirgandi. Hatto mahalliy gazetalar ham bu haqda yozishgandi. Agar u erga borganida, "Yuventus" ijara davrida maoshimning taxminan 70 foizini to'lagan, qolgan 30 foizini esa B Seriya klubi to'lagan bo'lardi. Buning evaziga yangi jamoa menga etarlicha o'yin amaliyotini berishi kerak edi. Bu jarayon yosh futbolchi uchun eng muhim narsa hisoblanadi.

Biroq ijaraga yo'l olishni istamadim, buning oqibatida taxminan 5-6 oyni yo'qotdim. Keyinchalik, baribir A Seriyada ishtirok etayotgan "Redjina"ga o'tdim. O'sha paytda jamoa bosh murabbiyi Valter Macarri edi. A Seriyadagi debyutimni "Yuventus"ga qarshi o'yinda o'tkazdim. Keyin juda og'ir jarohat oldim: to'piq boylamlarim batamom uzildi. Tiklanishim taxminan 7 oy davom etdi.

Shundan so'ng B Seriyasidagi "Krotone" klubiga bordim. A Seriyani tark etishni istamasdim, albatta, ammo jarohatdan keyin o'sha daraja va o'yin suratiga "moslashishim" qiyin bo'lishini tushunardim. 2003-2004 yillarda A Seriya o'zining eng yuqori cho'qqisida edi. Daraja tasavvur qilib bo'lmaydigan darajada yuqori edi".

Ilyos Zeytullaev ishtirokidagi "Fint To'raev" podkastining to'liq versiyasi bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin (rus tilida): 


Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика