Fakt. "Surxon" va "Dinamo" oxirgi 4 turda bir xil natija qayd etmoqda
30 avg 2022 16:49
Yangiliklar
Fakt. "Surxon" va "Dinamo" oxirgi 4 turda bir xil natija qayd etmoqda
Ikkinchi davra boshlanganidan beri "Surxon" va "Dinamo"ning hech omadi kelmayapti.
Negaki har ikki jamoa ketma-ket 4ta turdan beri faqat mag'lubiyatga uchramoqda. "Surxon" 14-17 turlar oralig'ida "Olimpik", "Navbahor", "Metallurg" va AGMKga qarshi bahs olib borib, hammasida mag'lub bo'ldi. Jamoa bu o'yinlarda 2ta gol urib, o'z darvozasidan 11 bor to'p olib chiqdi.
Vadim Abramov qo'l ostidagi "Dinamo" esa ikkinchi davrada "Paxtakor", "So'g'diyona", "Qizilqum", va "Bunyodkor" klublariga qarshi maydonga tushib, barchasiga imkoniyatni boy berdi. Oxirgi to'rtta o'yinda to'plar nisbati 5-11.
Bundan ko'rinib turibdiki, har ikki jamoa hozirgi paytda qiyin kunlarni boshdan kechiryapti. Bu omadsizlik qachongacha davom etishi nomalum.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Пахтакор" голи инобатга олинмаган "Бухоро"ни мағлуб этиб, Ўзбекистон кубоги соҳибига айланди
Суперлига. Турнинг сўнгги баҳсида "Сурхон" "Андижон"га ҳеч қандай имконият қолдирмай йирик ҳисобда мағлуб этди
Эксперт ҳакамлар гуруҳи "Пахтакор" ва "Бухоро" учрашувидаги баҳсли вазият юзасидан хулоса берди
Педри ва Ямаль "Эл Класико"дан кейин ижтимоий тармоқларда Карвахални кузатишни тўхтатди
Fikrlar