Fakt: "Dinamo" va Abramovning "Nasaf" bilan o'yinlardagi nohush ananasi davom etdi
07 iyu 08:35
Yangiliklar
Fakt: "Dinamo" va Abramovning "Nasaf" bilan o'yinlardagi nohush ananasi davom etdi
Superliganing 15-turidan o'rin olgan uchrashuvda Samarqandning “Dinamo” jamoasi o'z maydonida “Nasaf”ni qabul qildi.
Bellashuv natijasiga ko'ra, tomonlar 2:2 hisobidagi durangga imzo chekdi. Shu tariqa mezbonlarning "Nasaf" bilan uydagi o'yinlarda bo'layotgan g'alabasiz seriyasi davom etdi.
Malumot uchun, "Dinamo" so'nggi bor Samarqandda qarshiliklar ustidan 2008 yilgi mavsumda g'alaba qozongan. Abramov esa murabbiy sifatida "Nasaf"ni oxirgi marta 2015 yili "Lokomotiv" boshqaruvida mag'lub etgan. Shunday qilib, na jamoa, na murabbiy uchun "Nasaf"ga qarshi noxush anana bu safar ham o'zgarmadi.
"Dinamo" 2 avgust kuni o'z maydonida “Navbahor”ni qabul qiladi. “Nasaf” esa shu kuni Jizzaxda “So'g'diyona”ga qarshi mehmon sifatida maydonga tushadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar