Fabregas MYU g'alabani haqli qo'lga kiritgani haqida ommaga malum qildi
09 mar 2019 00:04
Yangiliklar


Fabregas MYU g'alabani haqli qo'lga kiritgani haqida ommaga malum qildi
Fabregas Julio Baptistaning ushbu g'alaba tasodifiy deb takidlagan gapiga qo'shilmagan holda quyidagicha fikr bildirib o'tdi:
"Har bir jamoa o'z salohiyatini ishlatishi shart. "Manchester Yunayted" jarohatlar girdobida qolgan 8 nafar muhim futbolchilarisiz PSJ klubi bilan kurashdi. O'yinning oxirgi 20 daqiqasida mankunianliklar klub akademiya futbolchilaridan foydalanishga majbur bo'lishdi. CHunki, zaxirada ulardan boshqa hech kim yo'q edi.
Mehmonlarga omad kulib boqdimi? Ha, lekin ular g'alabaga haqli ravishda erishdi. Sababi, MYU azolari oxirigacha kurashdi va ishonidi", — deya Fabregasning so'zlarini keltiradi Four Four Two nashri.
Eslatib o'tamiz, "Manchester Yunayted" PSJ maydonida so'nggi daqiqalarda gol urib umumiy o'yin natijasiga ko'ra, parijliklarni qoldirib ketdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar