So’nggi yangiliklar

02:57Ла Лига. Мбаппе ва Родригонинг голи "Реал"га меҳмонда "Алавес" устидан ғалабани тақдим этди  19 02:37А Серия. "Ювентус" меҳмонда "Болонья" устидан минимал ғалабага эришди  3 02:18Бутун дуне асабига ўйнаган вазир ёҳуд Мессининг Хиндистондаги "дўсти"  3 00:28Туркия Суперлигаси. Шомуродов тўпурарлик пойгасида етакчи бўлиб олди  6 00:06А Серия. "Интер" меҳмонда ғалабага эришди  1 23:58Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди  45 23:49Бундеслига. "Бавария" ва "Боруссия" рақибларини мағлуб эта олмади  1 23:05Хосеп Гвардиола АПЛда Алекс Фергюсоннинг рекордини янгилади  1 22:38"Тоттенхэм” испаниялик футболчи учун 70 млн евро таклиф қилди  0 22:10Саудия Арабистони шаҳзодаси "Барселона"ни сотиб олиши мумкин  21 21:39А Серия. "Наполи" меҳмонда "Удинезе"га мағлуб бўлди  1 21:09АПЛ. "Ман Сити" йирик ғалабага эришди, Ҳусанов захирада қолдирилди, "Тоттенхэм"да эса йирик ҳисобда мағлуб бўлди  37 20:10Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Трактор" ғалабага эришди, Ўрунов ва Ҳамробеков майдонда ҳаракат қилишди  1 19:31Ўзбекистонлик ҳакамлар “SEA Games Thailand 2025” мусобақасида фаолиятини давом эттиради  2 19:04А Серия. "Милан" 77-дақиқада тўп ўтказиб юборган ҳолда, ўз уйида "Сассуоло"ни мағлуб этолмади  8

Evropadagi barcha chempionlar: elitadan to ekzotika mamlakatlarigacha. Gegemonlik qaysi mamlakatda o'zgargan va qaysi mamlakatda o'zgarishsiz qoldi? Yangiliklar

Evropadagi barcha chempionlar: elitadan to ekzotika mamlakatlarigacha. Gegemonlik qaysi mamlakatda o'zgargan va qaysi mamlakatda o'zgarishsiz qoldi?

Kuz-bahor rejimida o'ynaydigan barcha Evropa chempionlarining g'oliblari aniq bo'ldi.


Barcha chempionlar bilan tanishing

Avstriya: "Shturm"

"Red Bull"ning gegemonligi o'tgan mavsum yakunlangandi va bu mavsum ham davom etdi. "Shturm" ketma-ket ikkinchi va tarixda beshinchi chempionlikni qo'lga kiritdi.

Albaniya: "Egnatiya"

Qatorasiga ikkinchi chempionlik. Eng yaqin taqibchidan ikki ochkoga o'tib ketdi.

Armaniston: "Noa"

Bir yil avval chempionlik uchun ikki ochko etmagan "Noa" jamoasi bu yil o'z maqsadiga etdi.

Ozarbayjon: "Qoraboh"

Qatorasiga beshinchi chempionlik. Eng yaqin taqibchisi "Ziri"ni 15 ochko ortda qoldirdi.

Angliya: "Liverpul"

Slotning debyuti omadli chiqdi. Jamoa mavsum yakuniga 1 oy qolganida chempionlikni rasmiylashtirdi. Slot esa ilk mavsumida chempion bo'lgan 5-murabbiyga aylandi.

Andorra: "Inter Eskaldes"

So'nggi besh yildagi 4-chempionlik.

Belgiya: "Yunion"

Tarixiy chempionlik. 90 yildan so'ng ilk bor "Yunion" Belgiya chempioni bo'ldi. Jamoa so'nggi bor 1935 yilda chempionlikni qo'lga kiritgandi.

Bolgariya: "Ludogorec"

Bu erda chempion 14-yildan beri o'zgarishsiz qolmoqda. "Ludogorec" ayni vaqtda Evropada qatorasiga chempion bo'lish bo'yicha etachki bo'lib turibdi.

Bosniya: "Zrinski"

Bir yillik tanaffusdan so'ng "Zrinski" yana chempionlikni qo'lga kiritdi. Bu jamoaning 10-tituli.

Vengriya: "Ferencvarosh"

Chempionlik Robbi Kin boshqaruvida sodir bo'ldi. Bu jamoaning 7-qatorasiga chempionligi.

Germaniya: "Bavariya"

Xarri Keynning ilk chempionlik tituli. 2-o'rindan nemis grandi 13 ochko o'tib ketdi.

Gibraltar: "Linkoln"

Mavsumda atigi 1 tagina mag'lubiyat. 

Greciya: "Olimpiakos"

"Olimpiakos" Greciyada chempion bo'lish bo'yicha rekordchi hisoblanadi. Ularning hisobida 48 ta chempionlik bor.

Daniya: "Kopengagen"

Tarixdagi  16-chempionlik. Jamoa ikkinchi o'rindagi "Midtyulland"ni bir ochko ortda qoldirib ketdi.

Isroil: "Makkabi Tel-Aviv"

"Makkabi"ning tarixdagi 26-g'alabasi.

Ispaniya: "Barselona"

"Barselona" tarixidagi 28-chempionlik. "Real"ga etib olish uchun 8 ta chempionlik qoldi.

Italiya: "Napoli"

TOP ligalar orasida faqatgina A Seriyada chempionlik oxirgi turgacha aniqlanmadi. So'nggi turda aniqlangan chempionlikda "Napoli" tarixdagi 4-chempionligini qo'lga kiritdi.

Kipr: "Pafos"

Tarixdagi ilk chempionlik.

Kosovo: "Drita"

So'nggi besh yildagi ilk chempionlik. Tarixdagi 4-si. "Balkani"ning 4 yillik seriyasini yakunlashga erishdi.

Lksemburg: "Differdanj 03"

Qatorasiga 2-chempionlik. 

Malta: "Xamrun Spartans"

Jamoa so'nggi besh yilda 4-marta kubokni boshi uzra ko'tarmoqda. Jamoa tarixda 11 marta mamlakat chempionatida g'alaba qozongan.

Moldova: "Milsami"

Bu yil ham "Sherif" chempionlik uchun kurashda mag'lub bo'ldi. "Mislami" 2015 yildan so'ng ilk bor yana chempion bo'ldi. Bu jamoaning tarixdagi 2-chempionligi.

Niderlandiya: PSV

"Ayaks" o'z "qo'llari" bilan chempionlikni PSVga topshirdi. PSV qatorasiga 2-chempionligini qo'lga kiritdi.

Polsha: "Lex"

Chempion nomi so'nggi turda aniqlandi. "Lex" qatorasiga 2-chempionligini, tarixdagi 9-sini qo'lga kiritdi.

Portugaliya: "Sporting"

Ruben Amorimning MYUga ketishi "Sporting"ga chempionlikni qo'lga kiritishga qarshilik qilmadi. Jamoa qatorasiga 2-chempionligini qo'lga kiritdi.

Rossiya: "Krasnodar"

Bu voqea Rossiyada nihoyat sodir bo'ldi. Jamoa ilk bor mamlakat chempionligini qo'lga kiritdi. "Zenit"ning gegemonligi nihoyat yakuniga etdi.

San-Marino: "Virtus"

O'tgan yilgi kabi bu mavsum ham "Virtus" bosh sovringa ega chiqdi.

Shimoliy Irlandiya: "Linfild"

Uch yillik tanaffusdan so'ng yana "Linfild" chempion bo'ldi. Bu tarixdagi 57-chempionlik.

Shimoliy Makedoniya: "Shkendiya 79"

"Strugi"ning ikki yillik chempionligiga barham berdi va 2021 yildan beri ilk bor mamlakat chempionligini qo'lga kiritdi.

Serbiya: "Crvena Zvezda"

"Crvena Zvezda" yana Serbiya taxtini egalladi. Mavsumda atigi bitta mag'lubiyat. 100 ochko va 123 ta gol! Chempionat yakuniga 7 ta tur qolganida chempionlikni naqd qildi. 

Slovakiya: "Slovan"

"Slovan" qatorasiga 7-marta mamlakat chempionligini qo'lga kiritdi.

Sloveniya: "Olimpiya Lyublyana"

Bu jamoa uchun 8-mamlakat chempionligi hisoblanadi.

Turkiya: "Galatasaroy"

Mourning "Fenerbaxche"ga kelishi ham "Galatasaroy"ning chempion bo'lishiga qarshilik qila olmadi. Istanbul jamoasi tarixdagi 25-chempionligini qo'lga kiritdi.

Ukraina: "Dinamo" Kiev

Tarixdagi 17-chempionlik. Ukraina rekordi sohibi. "Dinamo" 4 yillik tanaffusdan so'ng yana chempion!

Franciya: PSJ

Mamlakat gegemoni. Jamoa tarixdagi 13-chempionligini qo'lga kiritdi.

Xorvariya: "Rieka"

Tarixda ikkinchi marta Xorvatiya chempionatida g'alaba qozondi. "Dinamo" Zagrebning 7 yillik chempionligiga chek qo'ydi.

Chexiya: "Slaviya Praga"

"Sparta"ning chempionlik seriyasini yakunlashga erishdi. Jamoa 4 yilda ilk bor mamlakat chempionligini qo'lga kiritdi.

Shveycariya: "Bazel"

8 yillik tanaffusdan so'ng "Bazel" yana mamlakat chempionligini qo'lga kiritdi. Jamoa etakchisi Jordan Shakiri 18+20 natijasi bilan chempionat rekordini yangiladi.

Shotlandiya: "Seltik"

Qatorasiga 4-si, tarixdagi 55-chempionlik. "Reyndjers" bu safar ham qarshilik qila olmadi.

=

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика