So’nggi yangiliklar

21:25Расман: Тома Табатадзе "Бухоро" клубига ўтди!  1 21:07"Динамо" Беларусда ўтказилган назорат ўйинида маҳаллий жамоага ютқазди  0 20:35АПЛнинг икки клуби Коло-Муани билан шартнома имзоламоқчи  0 20:15Расман: Жаҳонгир Абдусаломов "Динамо" футболчисига айланди  3 19:49Сауль "Атлетико" билан шартномани бекор қилиб, турк клубига ўтади  0 19:34МЮ Жексоннинг агенти билан музокара ўтказди  2 18:50Петар Шегрт: “Лёв билан бўлган суҳбатимиз ОАВда тарқалиб кетишини истамайман. ЎФАдан бўлган таклиф ҳақида сўрамайман. Тожикистондан кетганимга сабаб…”  7 18:26Диалло "МЮ" ҳақида: "АПЛда кучли бешликка кирсак, мавсумни омадли деб ҳисобласа бўлади"  2 17:49Расман: Улуғбек Ҳошимов – "Динамо" футболчиси  4 17:11Лапортнинг Европага қайтиш эҳтимоли юқори  0 16:42Лофтус-Чик: "Бизга Модричнинг тажрибаси керак"  0 15:51"Реал" Винисиус билан шартнома бўйича музокараларни қайта бошламоқчи  1 15:24"Атлетико" "Челси"нинг португалиялик футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 14:57"Бавария" Диаснинг трансфери амалга ошмаган тақдирда, бошқа ўйинчиини кўзлаб қўйди  0 14:28"Реал" Рейньер билан шартномани бекор қилиши мумкин  0

Evropa Ligasi. "Valensiya" - "Krasnodar" 2:1 Yangiliklar

Evropa Ligasi. "Valensiya" - "Krasnodar" 2:1

Evropa ligasi nimchorak finalidan o'rin olgan "Valensiya" va "Krasnodar" jamoalari o'rtasidagi birinchi o'yin boshlanishiga bir necha daqiqa qoldi.

23:47. Assalomu alaykum! "Mestalya" stadionida bo'lib o'tadigan Evropa ligasi 1/8 final o'yini, "Valensiya" va "Krasnodar" jamoalari o'rtasidagi bahsni kuzatib borishga taklif qilamiz.

Valensiya Ispaniya – Krasnodar Rossiya 2:1 (2:0, 0:1)

 «Mestalya»

Gollar: 1:0 – 12 Rodrigo, 2:0 – 24 Rodrigo, 2:1 – 63 Klasson.

Valensiya – Neto, Gabriel, Toni Lato, Pichchini, Diakabi, Soler, Parexo, Koklen, Gedesh (CHeryshev, 70), Gameyro (Sobrino, 79), Rodrigo (Santi Mina, 63).

Krasnodar – Safonov, Martynovich, Ramires, Petrov, Spayich, Vanderson (Suleymanov, 80), Gazinskiy (Golubev, 89), Stockiy (Ari, 55), Olsson, Klasson, Kabore.

Ogoghlantirishlar: Kabore (20), Klasson (45), Parexo (55), Martynovich (72), Olsson (80), Koklen (81).

 

Valencia

Rodrigo - 12', Rodrigo - 24'

Europa League Final Stage . 1/8-tur

08/03/2019, 01:00

1
:
2
Tugadi

FC Krasnodar

Viktor Claesson - 63'

Stadion: Estadio Mestalla, 36274 tomoshabin

Bosh hakam: Orel Grinfeld

45'
90'
12'  Rodrigo
12'  Kevin Gameiro
24'  Rodrigo
24'  Toni Lato
55'  Daniel Parejo
62'  Rodrigo (Santi Mina)
70'  Goncalo Guedes (Denis Cheryshev)
78'  Kevin Gameiro (Ruben Sobrino)
81'  Francis Coquelin
20'  Charles Kabore
45'  Viktor Claesson
55'  Dmitri Stotskiy (Ari)
63'  Viktor Claesson
63'  Yuri Gazinskiy
72'  Aleksandr Martynovich
80'  Wanderson (Magomed-Shapi Suleymanov)
81'  Kristoffer Olsson
89'  Yuri Gazinskiy (Artem Golubev)

                            YANGILASH

                    MATNLI TRANSLYACIYA

 Uchrashuvda "Valensiya" g'alaba qozondi. 

63. Gol! 2:1. Mehmonlar to'psiz harkat qilib gol urishga erishdi. Klasson

29. Gameyroda ajoyib imkoniyat. Uning zarbasini Safonov qaytardi. Ushbu darvozabonnining reakciyasi joyida.

24. Lekin, bugun Rodrigo degan hujumchi Rossiya klubiga tinchlik bermoqchi emas. CHap qanotdan Toni Lato tomonidan mehmonlar jarima maydonchasiga erlatib uzatilgan pasni Rodrigo zoe ketkazmadi va ushbu uchrashuvda dublni rasmiylashtirdi — 2:0.

23. "Krasnodar" to'pni nazorat qilish orqali Marselino shogirdlarining shijoatini tushirishga harakat qilmoqda.

20. Sariq kartochka. Kabore Parexoga nisbatan qo'pol o'ynadi va ogohlantirildi. 

14. Diakabiga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda. Bir necha soniyalardan so'ng futbolchi katta ehtimol bilan maydonga qaytadi.

12. GOL! Uchrashuvda hisob ochildi — 1:0. Rodrigo 20 metrlar atrofidan ajoyib zarba berdi. Darvozabon harchand urinmasin to'pga eta olmadi. "Ko'rshapalaklar" to'dalashib, hujumlar yomg'irini yog'dirishdi va haqli gol urishga muvaffaq bo'ldi. 

11. Gonsalo Guedeshda yaxshi imkoniyat bo'ldi. Vaziyat ko'kka sovurildi. Rossiya klubi tezlikda ancha ortda qolmoqda.

5. To'p nazorati maydon egalari tomonda. Ispaniya va Rossiya jamoalari qarama-qarshiligi biroz avval "Zenit" hamda "Vilyarreal" klublari o'rtasidagi o'yin bilan boshlandi. U erda hisob ispanlar foydasiga hal bo'ldi — 1:3. Ushbu natija bu bellashuvga tasir ko'rsata olarmikin? Nima deb o'ylaysiz? 

2. Uxx. "Valensiya" bahsni tajovuzkor boshlali. Himoyachilar va tayanch yarim himoyachilar mezbonlarni to'xtatishga qiynalishmoqda. Qo'polliklar boshlanib ketdi. 

1. Uchrashuv boshlandi.

23:55. Asosiy tarkiblar bilan tanishib oling!

Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 01:00da boshlanadi.

23:52. Ushbu klublar o'zaro birinchi marta to'qnash kelishmoqda.

23:51. Jamoalarning so'nggi 5 ta bellashuvda qayd etgan natijasi bilan tanishib olishingiz mumkin.

23:50. Rossiyaning "Krasnodar" klubi bundan avvalgi bosqchida Germaniyaning "Bayer" Leverkuzen" jamoasini musobqadan chiqarib yubordi. O'z maydonida 0:0 o'ynagan Odil Ahmedovning sobiq jamoasi, Leverkuzen shahrida durang qayd eta turib ham mazkur qarama-qarshilikda g'olib chiqishga erishdi — 1:1.

23:49. "Valensiya" esa SHotlandiyaning "Seltik" jamoasidan ustun keldi. Mehmonda 2:0, uyda 1:0 hisobida "ko'rshapalaklar" g'alaba qozonishdi. 

23:48. Krasnodar bosh murabbiyi Murod Musaev: "Mazkur to'qnashuda qaysi klub favorit ekanligini ayta olmayman. Biz g'alaba uchun harakat qilishimizni aytishim mumkin. Bugun qiyin va qiziqarli o'yin guvohiga aylanamiz. Bizning asosiy maqsadimiz mudofaada ishonchli o'ynash", - deya fikr bildirdi Musaev.

Qolaversa, murabbiy "Valensiya" klubini yuqori darajali, hujum va himoyada xavfli o'yin ko'rsatadigan klub sifatida ko'rsatdi. 

23:47. "Valensiya" bosh murabbiyi, Marselino "Krasnodar"ga qarshi o'yin oldidan quyidagicha fikr bildirdi:

"Krasnodar" shiddatli o'ynaydi, tezkor qarshi hujumda omadini sinashni yoqtiradi. Ular hujumchilarni uzoq masofaga to'p uzatish orqali qulay vaziyatga olib chiqishadi. Juda ehtiyotkor va tezkor harakat qilishimiz, himoyada yaxshi o'yin ko'rsatishimiz zarur. Agar, ular yaxshi jamoa bo'lishmaganida, "Bayer"ni musobaqadan chiqarib yuborishmas edi", —  deb Marselino o'z fikrlarini o'rtoqlashdi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика