So’nggi yangiliklar

02:57Ла Лига. Мбаппе ва Родригонинг голи "Реал"га меҳмонда "Алавес" устидан ғалабани тақдим этди  18 02:37А Серия. "Ювентус" меҳмонда "Болонья" устидан минимал ғалабага эришди  3 02:18Бутун дуне асабига ўйнаган вазир ёҳуд Мессининг Хиндистондаги "дўсти"  2 00:28Туркия Суперлигаси. Шомуродов тўпурарлик пойгасида етакчи бўлиб олди  6 00:06А Серия. "Интер" меҳмонда ғалабага эришди  1 23:58Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди  45 23:49Бундеслига. "Бавария" ва "Боруссия" рақибларини мағлуб эта олмади  1 23:05Хосеп Гвардиола АПЛда Алекс Фергюсоннинг рекордини янгилади  1 22:38"Тоттенхэм” испаниялик футболчи учун 70 млн евро таклиф қилди  0 22:10Саудия Арабистони шаҳзодаси "Барселона"ни сотиб олиши мумкин  21 21:39А Серия. "Наполи" меҳмонда "Удинезе"га мағлуб бўлди  1 21:09АПЛ. "Ман Сити" йирик ғалабага эришди, Ҳусанов захирада қолдирилди, "Тоттенхэм"да эса йирик ҳисобда мағлуб бўлди  37 20:10Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Трактор" ғалабага эришди, Ўрунов ва Ҳамробеков майдонда ҳаракат қилишди  1 19:31Ўзбекистонлик ҳакамлар “SEA Games Thailand 2025” мусобақасида фаолиятини давом эттиради  2 19:04А Серия. "Милан" 77-дақиқада тўп ўтказиб юборган ҳолда, ўз уйида "Сассуоло"ни мағлуб этолмади  8

Evropa ligasi finali uchun prevyu: "Tottenxem" - "Manchester Yunayted" Yangiliklar

Evropa ligasi finali uchun prevyu: "Tottenxem" - "Manchester Yunayted"

Bu futbol tarixidagi eng ajabtovur finallardan biri bo'ladi.

APLning Chempionshipga tushib ketmagan ikki eng yomon klubi sovrin uchun kurashadi. Ichki chempionatdagi muammolarga qaramay, har ikki jamoa evroarenada o'zini yaxshi tomondan ko'rsata oldi.


"Tottenxem"


1. "Tottenxem" APLda dahshatli mavsum o'tkazdi, ammo uni sovrin bilan qutqarib qolishi mumkin

Premer-Liganing oxirgi turidan avval londonliklar 17-o'rinni egallab turishini — boshqachasiga atab bo'lmaydi. Biroq mavsum davomidagi kadrlar muammolarini inobatga olgan rahbariyat Angelos Postekogluga ishni oxiriga etkazish imkonini berdi. Shu bilan birga "Tottenxem" ELda muvaffaqiyatli ishtirok etdi va sovrin yutish qatorida, ECHL yo'llanmasini ham qo'lga kiritishi mumkin.


2. Angelos Postekoglu final oldidan etakchilariga dam berdi

"Tottenxem" bosh murabbiyi APLdagi "Aston Villa"ga qarshi o'yindan ko'ra, Evropa Ligasi finalini afzal bildi. Musobaqa jadvaliga hech qanday tasir ko'rsatmaydigan u uchrashuvga ongli ravishda deyarli zaxira tarkibi tushirilgani to'g'ri qaror, nazarimizda. Finalda ham ilk daqiqalardan maydonda ko'rishimiz mumkin bo'lgan yigitlardan faqatgina Sarr hamda Son maydonga tushdi. Bu erda, koreyalikning oxirgi vaqtlar jarohat tufayli o'yinlarni o'tkazib yuborgani va o'yin amaliyoti aksincha foydali bo'lishi hisobga olingan.


3. MYU — oxirgi vaqtlar "Tottenxem" uchun qulay raqib

Londonliklar "Manchester Yunayted"ga qarshi ijobiy statistikani hisobga olib, finalni o'zgacha ishtiyoq bilan kutishlari mumkin. Barcha musobaqalardagi oxirgi o'zaro 6 o'yinda "Tottenxem" 4 marta zafar quchib, 2 marta durang o'ynadi. Shu oraliqdagi 5 o'yinda jamoa kamida 2 martadan raqib darvozasini ishg'ol qilishni uddaladi. Joriy mavsum ushbu klublar uch marta to'qnash kelib ulgurishdi — ularning barchasida omad "Tottenxem"ga kulib boqdi.



"Manchester Yunayted"


1. Final arafasida MYU APL doirasidagi navbatdagi mag'lubiyatini qabul qilib oldi

"Yunayted" omadsizliklar chempionatning oxirgi uchrashuvida ham davom etdi — "qizil iblislar" safarda "Chelsi"ga imkoniyatni boy berishdi, joriy mavsumdagi 18-si. MYU klub tarixidagi qator antirekordlarni yangilashga "muvaffaq bo'ldi" va ilk bor APLda mavsumni qatorasiga 2 ta g'alaba qozona olmay, yakunlaydigan bo'ldi. Biroq Evropa Ligasi doirasidagi bellashuvlarda "Yunayted" ishonchli o'yin ko'rsatdi va biror marta mag'lubiyatga uchramay, haqli ravishda finalga etib keldi.


2. "Yunayted" final oldidan bir necha himoyachisidan ayrildi

Ruben Amorim "Chelsi"ga qarshi o'yinda optimalga yaqin tarkib bilan uchrashuvni boshlab, ko'pchilikni ajablantirdi. Finalda biz kutishimiz mumkin bo'lganlardan faqatgina Ugarte va Garnacho ilk daqiqalardan bahsga kirishmadi — murabbiy bu vaziyatni, aynan final o'yini uchun ideal tarkib tanlash maqsadida qilingan ishligi bilan izohladi. Amorimning so'zlariga ko'ra, u "Tottenxem"ga qarshi o'yin uchun asosiy tarkibni aniqlab olgan, lekin bu haqida oshkor qilishga shoshilmadi. Finalda jamoaga yordam bera olmasligi aniq bo'lganlar ichida, ayniqsa, himoyachilar ko'pligi etiborni tortadi — Martines, De Ligt, Yoro. Qanot himoyasi vakili Dalotning ham o'yinga tayyor bo'lishi so'roq ostida qolmoqda.


3. MYU — Evropa Ligasining mavsumdagi eng samarador ishtirokchisi

"Yunayted" Evropa Ligasi joriy mavsumida ishonchli hujum chizig'i bilan maqtana oladi — klub 35 gol urdi va bu borada katta farq bilan etakchilik qilmoqda. Evropa Ligasi to'purarlari poygasida Brunu Fernandesh 7 gol va Rasmus Xoylunnni ko'rishimiz mumkin — 6 ta to'p. Diqqat qiling, MYU turnirdagi 14 o'yinda biror marta maydonni golsiz tark etmagan, oxirgi 5 uchrashuvda esa mankunianlar (asosiy vaqtda) 15 ta gol urishdi.


Shuningdek, na londonliklar, na manchesterliklar o'z darvozasi oldida ishonchli o'yin ko'rsata olishdi va kamdan-kam hollarda gol o'tkazib yuborishmadi. Bunday vaziyatda qaysidir bir klubni yaqqol favorit deb bo'lmaydi. Umumiy olganda esa "Tottenxem"ning imkoniyatlari biroz yuqoriroqdek — londonliklar etakchilari final oldidan hordiq chiqarish imkoniyatiga ega bo'lish va qulay raqibga qarshi o'ynashlarini his qilib turishadi. Bunday bellashuvda esa ruhiy ishonch ko'p narsani hal qilib ketishi mumkin.


TerminaTor

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика