So’nggi yangiliklar

11:21Про лига. 14-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  0 10:52"Ливерпуль" Салоҳга ўринбосар сифатида кўраётган футболчисига 100 миллион евро тўлашга тайёр  0 10:44"Сурхон" Наманганда нечта ғалабага эришганини биласизми?   0 10:21Антони Марсьяль фаолиятини Мексикада давом эттиради  2 09:502026 йилги УEФА Суперкубоги қайси стадионда бўлиб ўтиши маълум  0 09:18"Рома"нинг собиқ устози Эронни бошқариши мумкин  12 08:43Sofascore. "Бани Яс" мағлуб бўлди. Мозговой неча баҳо олди?  1 08:10Файзуллаевнинг трансфери иккинчи бўлди  2 07:35Суперлига. Бугун Жиззахда ва Наманганда ўйинлар бор  4 06:35Суперлига. "Машъал" — "Шўртан" 2:1   0 01:50Дерби олдидан "Манчестер Сити"нинг 4 футболчиси сафга қайтди  5 01:08Жанлуижжи Доннарумма: "Пеп мени жамоасида кўришни истаётганини айтди. Бу мени ғурурлантирди"  2 00:46Расман: Онана - "Трабзонспор" дарвозабони!  21 00:15"Вест Хэм" дербидан олдин мухлисларга тақиқ қўйди  0 23:44Доннарумма "Манчестер Сити"да қайси рақамда ўйнайди?  3

Evropa Ligasi. Bugun Gutman qarg'ishi yo'qqa chiqadimi? Yangiliklar

Evropa Ligasi. Bugun Gutman qarg'ishi yo'qqa chiqadimi?

Bugun Italiyaning Turin shahrida Evropa Ligasining navbatdagi mavsumida g'olib chiqqan jamoa nomi malum bo'ladi. Unda Pireney yarim oroli vakillari “Sevilya” va “Benfika” to'qnash keladi.
Jamoalar o'ynaydigan shaharlar bir-biridan uzoq joylashmagan. Ularni 310 kilometr masofa ajratib turadi. Lekin raqobat haddan tashqari yuqori. CHunki Ispaniya va Portugaliya klublari to'qnash kelganda hamisha keskin uchrashuvlar kuzatiladi. Bu safar ham shundan mustasno bo'lmasa kerak.

“Sevilya” mavsumni ijobiy yakunlashi uchun bugungi finalda zafar quchishi lozim. Unai Emeri jamoani qabul qilib olganda bir qator muammolarga duch kelgandi. Lekin ularni mardonavor engib, ikkinchi mavsumda sovrin yutib olish imkoniyatiga ega. Sevilyaliklar finalgacha matonat ko'rsatishdi.

“Betis”ga o'z maydonida 0:2 hisobida yutqazib, javob o'yinida qiyin vaziyatdan chiqib ketishdi. “Portu”ga birinchi bellashuvda engilib, javob bahsida bir bo'lim kam o'ynagan holda umumiy g'alabani qo'lga kiritishdi. Yarim finalda esa “Valensiya” bilan safarda oxirgi soniyalarda kiritilgan to'p tufayli final yo'llanmasiga ega chiqishdi.

“Sevilya” oxirgi yillarda ikki bor ushbu musobaqa finalida maydonga tushgan va har ikkisida zafar quchgan. Ivan Rakitich ayni paytda jamoa etakchisiga aylangan. Finalda ham ko'p narsani uning qanday o'ynay olishi hal etib beradi.

“Benfika” Evrokuboklarda uzoq yillardan beri g'alaba qozona olmayapti. Oxirgi 7 finalning barchasida imkoniyat boy berilgan. O'tgan asrda bosh murabbiy bo'lib ishlagan Gutman o'zini nohaq ishdan bo'shatishgandan keyin klubni lanatlagani va uning kuchi 100 yilga etishi haqida aytganda ko'pchilik bunga shunchaki kulib qo'ygandi. Biroq “Benfika” Evrokuboklarda o'shandan buyon zafar quchmadi.

O'tgan yili ushbu turnir finalida “CHelsi” bilan o'yinda to'liq ustunlik qilgan bo'lishiga qaramay, kerakli gollarni ura olmagan va o'yin oxirida londonliklar burchak zarbasidan keyin g'alaba to'pini kiritishgandi. Ko'ramiz, Gutman qarg'ishi bu yil yo'qqa chiqarmikan yoki yo'q?

Tarkiblar borasida muammo ko'proq portugaliyaliklarda mavjud. “Sevilya”da faqat Xayro diskvalifikaciya sababli maydonga tushmaydi. “Benfika”da esa Peres, Salvio va Markovich shunday jazoga yo'liqqan. Peres hamda Markovich jamoa etakchilari sanaladi. Ularning o'rnini to'ldirib, avvalgi saviyada o'yin ko'rsatish uchun Juan Jezush yaxshigina bosh qotirishga majbur.

Darvoqe, “Benfika” Evrokuboklarda qatnashgan klublar orasida o'zi ishtirok etayotgan barcha musobaqada g'olib chiqishi mumkin bo'lgan yagona klub bo'lib turibdi. Jamoa Portugaliya chempionligi va liga kubogiga ega chiqdi. Oldinda Evropa Ligasi hamda Portugaliya Kubogi finallari bor.

Bugungi finalda hujumkor jamoalar to'qnash keladi. Demak, barchamizni xavfli vaziyatlarga boy uchrashuv kutib turganiga shubha yo'q.

SEVILYA – BENFIKA

Turin. “Yuventus stedium”. 23:45.

Bosh hakam: Feliks Brix (Germaniya).

Taxminiy tarkiblar

“Sevilya”: Betu – Koke, Parexa, Fasio, Alberto Moreno – Karrisu, Mbia – Reyes, Rakitich, Vitolo – Bakka.

“Benfika”: Artur – Maksi Pereyra, Luizao, Garay, Sikeyra – Andre Gomesh, Ruben Amorim, Gaytan – Rodrigo, Lima, Kardoso.

Jarohatlanganlar: Kristoforo, CHerishev – Silviu, Feysa.

Diskvalikiaciya: Xayro – Peres, Salvio, Markovich.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика