So’nggi yangiliklar

08:38Жаҳон чемпионатида иштирок этувчи 48 жамоадан 42 таси маълум   1 08:12ЖЧ-2026 саралаш. Шимолий Америка қитъасидан ЖЧга йўлланама олган терма жамаолар номи маълум  0 07:42Sofascore. Кечаги учрашувда футболчиларимиз неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 03:38Европада ЖЧ йўлланмаси учун ўтиш ўйинларида қатнашувчи термалар номи маълум  3 03:03Испания, Бельгия, Швейцария, Шотландия ва Австрия Жаҳон чемпионатига йўлланма олди!  0 01:56Меҳди Тареми: "Жамоадошларимдан 10 нафари пенальти тепишдан бош тортди. Ўзбекистонга қарши пенальтини тепа олмаган футболчидан Жаҳон чемпионатида фойда бормикан?"  10 01:08Амир Ғалинои: "Ўзбекистон иккинчи бўлимда умуман дарвозамизга хавф сололмади. Босимимиз шунчалик кучли бўлдики, "Манчестер Сити" футболчиси майдондан четлатилди"  26 00:56Асилбек Алиев: "Айбдор эканимни тан оламан ва чин дилдан афсусдаман"  26 00:43Элдор Шомуродов: "Каннаваро ўйин услуби, тактик томонлама янгиликлар киритяпти"  4 00:32Акмал Мозговой: "Бир киши кам бўлсакда охиригача турдик, пенальтилар сериясида омадимиз келди"  4 00:24Фабио Каннаваро: “Январь ойида маҳаллий футболчилар учун йиғин ўтказамиз, у ерда ёшларга имконият берамиз”  12 00:13Қозоғистон ўртоқлик ўйинида Фарер оролларига ютқазди  9 23:46U-17 Жаҳон чемпионати. Австрия Англияни йирик ҳисобда ютди. Япония Шимолий Кореяни пенальтилар сериясида мағлубиятга учратди. Марокаш ва Швейцария ҳам кейинги босқичда  1 23:25Ал Айн Халқаро Кубоги. Ўзбекистон - Эрон 0:0 (пенальтилар 4:3)  28 23:21ЖЧ саралаши. Ироқ 90+17 дақиқада ғалаба голини уриб, БААни мағлубиятга учратди ва қитъалараро плей-офф босқичига йўлланма олди!  20

Evro-2024. Angliya SHveycariyani penaltilar seriyasiga ko'ra mag'lub etib, yarim finalga yo'l oldi! Yangiliklar

Evro-2024. Angliya SHveycariyani penaltilar seriyasiga ko'ra mag'lub etib, yarim finalga yo'l oldi!

Evro-2024 musobaqasi chorak finalidan o'rin olgan uchrashuv tafsilotlarini ushbu sahifada kuzatib bordingiz.

Evro-2024

1/4 final

England

Bukayo Saka - 80', Cole Palmer - 121', Jude Bellingham - 121', Bukayo Saka - 121', Ivan Toney - 121', Trent Alexander-Arnold - 121'

EURO Final Stage . Quarter Finals-tur

06/07/2024, 22:00

4
:
6
Tugadi

Switzerland

Breel Embolo - 75', Fabian Schaer - 121', Xherdan Shaqiri - 121', Zeki Amdouni - 121'

Stadion: Duesseldorf Arena, 46907 tomoshabin

Bosh hakam: Daniele Orsato

45'
90'
120'
67'  Harry Kane
78'  Kobbie Mainoo (Luke Shaw)
78'  Kieran Trippier (Eberechi Eze)
78'  Ezri Konsa (Cole Palmer)
80'  Bukayo Saka
80'  Declan Rice
109'  Harry Kane (Ivan Toney)
115'  Phil Foden (Trent Alexander-Arnold)
32'  Fabian Schaer
63'  Fabian Rieder (Steven Zuber)
63'  Ruben Vargas (Silvan Widmer)
75'  Breel Embolo
85'  Silvan Widmer
98'  Dan Ndoye (Denis Zakaria)
109'  Breel Embolo (Xherdan Shaqiri)
118'  Michel Aebischer (Zeki Amdouni)
118'  Remo Freuler (Vincent Sierro)

Angliya – SHveycariya 1:1 (penaltilar bo'yicha – 5:3)

6 iyul. Dyusseldorf. "Dyusseldorf Arena". 21:00

Gollar: Saka 80' – Embolo 75'

Angliya: Pikford, Uoker, Stounz, Konsa (Palmer , 78), Tripper (Eze, 78), Maynu (SHou, 78), Rays, Saka, Foden (Arnold, 115), Bellingem, Keyn (Touni, 110).

SHveycariya: Zommer, SHer, Akanji, Rodriges, Ebisher (Amduni, 118), Froyler (Serro , 118), Jaka, Rider (Cuber, 64), Vargas (Vidmer, 64), Ndoye (Zakariya, 98), Embolo (SHakiri, 109).

Ogohlantirishlar: SHer (32), Keyn (66), Vidmer (85).


The end. Angliya penaltilar seriyasiga ko'ra g'alaba qozonib, yarim finalga yo'l oldi! 

- Trent — gol! 5:3!

- Amduni — gol! 4:3!

- Touni — gol! 4:2! 

- SHakiri — gol! 3:2!

- Saka — gol! 3:1!

- SHer — gol! 2:1!

- Bellingem — gol! 2:0!

- Akanji — gol! 1:0! 

- Palmer — gol! 1:0!  

- Angliya boshlab beradi. To'p tomon Palmer yo'l oldi. 

- "Lotereya" boshlanmoqda!

UCHRASHUV YAKUNLANDI! BIROZDAN SO'NG PENALTILAR SERIYASINI TOMOSHA QILAMIZ.

120. Hakam 1 daqiqa qo'shib berdi. 

119. Zarbaaa! Amdunining kuchli zarbasini Pikford bartaraf qildi. 

118. SHveycariyada 2 ta o'zgarish: Ebisher o'rniga Amduni, Froyler o'rniga Serro bahsna tugatib qo'yadi.  

117. Uuux! SHakiri sal qolsa burchak zarbasidan gol urardi. To'p ustun va to'sin burgagiga tegib qaytdi. Dahshat! 

115. Angliyada o'zgarish: Foden o'rniga Trent tushirildi. 

112. Eberechi Eze uzun pasni amalga oshirdi, biroq to'p to'g'ri raqib himoyachisiga borib tushdi. 

110. Angliyada o'zgarish: Keyn o'rniga Touni bahsni davom ettiradi.

109. SHveycariyada almashtirish: Embolo o'rniga SHakiri tushdi. 

106. Ekstra taymlarning ikkinchi qismi boshlandi!

Birinchi ekstra taym tugadi. Jamoalar joy olmashishadi. 

102. Uuux! Jud Bellingemning yaqin masofadan bergan kuchli zarbasini Zommer qaytarishga erishdi.

98. SHveycariyada o'zgarish: Ndoye o'rniga Zakariya maydonga tushdi.

95. Zarbaaaa! Deklan Raysdan kuchli zarba, Zommerdan dahshatli seyv! Yakunda burchak zarbasi. 

93. Uchrashuvni tomosha qilish uchun stadionga 46907 nafar tomoshabin kelibdi.

91. Ekstra-taymlarning birinchisi boshlandi!

2-taym yakunlandi! Qo'shimcha taymlar ko'ramiz. 

90+3. Zarbaaa! Cuber yaqin masofadan noaniq zarba ijro etdi. Qanday imkoniyat! 

90. Ikkinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi. 

90. Ndoye qarshi hujumga o'tib ketdi va tribuna tomon zarba berdi...

88. Zarba! Ezening chap qanotdan o'ng oyoqda yo'llagan zarbasiga aniqlik etishmadi. 

85. Palmerni yiqitgan Vidmer ogohlantirish oldi. 

83. Yaxshi imkoniyat! Harri Keyn zarba berishga shaylandi va buning uddasidan chiqdi, himoyachilardan biri to'p yo'liga g'ov bo'lib, jamoasi joniga ora kirdi.

80. GOOOOOOOOOOL! Bukayo Sakaning aylanma zarbasidan keyin to'p darvoza to'ridan joy oldi – 1:1. Angliya uyg'ondi. 

78. Angliyada 3 ta almashtirish: Maynu o'rniga SHou, Tripper o'rniga Eze, Konsa o'rniga Palmer tushirildi. 

75. GOOOOOOOOOL! Fabian SHer boshlagan hujum Ndoye orqali rivoj topdi va Emboloning gol bilan nihoyalandi. 

71. Fil Fodenning pasidan keyin himoyachilar to'pni uzoqlashtirishdi.

66. Harri Keyn Akanjiga nisbatan o'ta qo'pol harakat qildi va ogohlantirildi. 

64. SHveycariyada 2 ta o'zgarish: Vargas o'rniga Vidmer, Rider o'rniga Cuber o'yinga qo'shildi. 

61. Ruben Vargasning ichkariga oshirib bergan to'pini himoyachilar bartaraf qilishdi.

57. Embolo ko'kragi bilan zarba berib, Pikfordni hushyorlikka chorladi.


55. Fil Foden himoyachilarga yordam qaytib, to'pni Jakadan olib qo'ydi. Foydali ish – o'zgarish bor. 

54. Aytgancha, maydonda kimsan Fil Foden ham bor. Ammo uni birorta epizodda ko'rganimiz yo'q. G'alati.

52. Xushxabar! Emboloning zarbasidan so'ng uchrashuvdagi ilk aniq zarba kuzatildi. 

49. Jaka Sakaga nisbatan qo'pollik ishlatdi – birinchi taymdagi qoida buzish bilan 1:1 bo'ldi. 

47. Jud Bellingemning uzatmasini himoyachilar qaytarib qolishdi, keyingi vaziyatda Saka chap oyoqda zarba berdi, ammo to'p yana manzilga bormadi va himoyachilarga tegdi.

46. Ikkinchi taymga start berildi! 

Hakam ham zerikib ketdi chog'i, birinchi taymni tugatib qo'ya qoldi.

45. Fil Fodenning burchakdan oshirib bergan pasidan keyin Yan Zommer to'pni ilib oldi.

41. Zarbalar bo'yicha statistika – 0:0. 

38. Birinchi taym deyarli yakunlanib borayotgan bo'lsa, jamoalar xuddi g'alaba uchun harakat qilmayotgandek taassurot uyg'onmoqda.  


34. Saka sobiq klubdoshi Jakaga nisbatan qo'pollik ishlatdi. Orsato hushtagini chaldi. 

32. SHer Bellingemga nisbatan qoidani buzdi va sariq kartochka oldi. Himoyachi potencial hujumga chek qo'ydi.

31. O'yin tempini u qadar yuqori deb bo'lmaydi. Umid qilamizki, ikkinchi bo'limda bunday o'yin ko'rmaymiz. SHveycariya hujum tashkil qilmoqda, lekin aytarli hech qanday vaziyat yo'q. 

27. Bukayo Sakaning ichkariga uzatgan to'pini himoyachilar uzoqlashtirishdi.

25. Vargas aqlli pas orqali sherigini birga-bir holatga olib chiqishiga bir baxya qoldi – himoyachilar bunga to'sqinlik qilishdi. 

22. Zarba! Tripperning burchak zarbasi orqali oshirib bergan to'pini Keyn bosh bilan darvozaga yo'naltirdi, noaniq. 

19. Froyler hujum chog'ida Uokerga nisbatan qoidani buzdi.

16. Zarbaaa! Raysning pasidan keyin Maynu kuchli zarba yo'lladi, ammo to'p himoyachiga tegib qaytdi. Juda xavfli zarba edi... 

13. Angliya o'yin nazoratini qo'lga olishga urinmoqda. To'p kimga tushmasin, har bir jamoa uzoq vaqt to'psiz harakat qilmoqda.

UEFA prezidenti Aleksander CHeferin va shahzoda Uilyam uchrashuvni birgalikda kuzatib borishmoqda

11. SHveycariyaliklar hujumchisi Embolo ichkarida to'pni qabul qilib olgach, ofsayd bordek tuyulgandi, ammo takroriy vaziyatga ko'ra, u aqlli harakat qilib, o'yindan tashqari holatdan chiqib ketgan ekan.  

8. Ndoyening ichkariga uzatmasidan so'ng Maynu xavfni bartaraf etdi. 

8. Angliya bosim qilishi oqibatida Jaka to'pni darvozabonga etkazishga majbur bo'ldi, hujum darvozabon orqali rivojlanmoqda. 

4. Bukayo Sakadan yaxshi, ammo omadsiz uzatma – uning sheriklari to'pga ulgurishmadi.

3. Hozircha SHveycariya to'pga egalik qilib turibdi, Angliya to'pni olib qo'yishga harakat qilmoqda. 

1. Bahs boshlandi! 

- Bugungi uchrashuvni Daniele Orsato boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi.

- Ikki davlat madhiyasi yangramoqda. 

- Jamoalar maydonga tushib kelishdi.

- Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 21:00 da boshlanadi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика