Evgeniy CHumak "Bunyodkor" bilan o'yindan keyin: "Nimalar bo'lganini hamma ko'rdi yoki men futbolni qoidalarini bilmayman"
01 apr 2022 09:14
Yangiliklar
Evgeniy CHumak "Bunyodkor" bilan o'yindan keyin: "Nimalar bo'lganini hamma ko'rdi yoki men futbolni qoidalarini bilmayman"
Samarqandning "Dinamo" jamoasida yana mag'lubiyat.
Bu safar jamoa Toshkentda "Bunyodkor"ga engildi (1:2). Qiziqarli va shiddatli kechgan o'yindan so'ng mehmonlarning ukrainalik yarim himoyachisi Evgeniy CHumak saytimizga fikrlarini bildirdi.
"Menimcha, o'yinni hamma ko'rdi. Ayniqsa ikkinchi bo'limda qanday voqealar yuz bergani barchaga malum. Futbol ichidagi insonlar bo'lib o'tgan voqealarni tushunishdi, deb o'ylayman. Yoki men futbol qoidalarini bilmayman. Boshqa izohga hojat yo'q.
Mag'lubiyatga sabab xatolarimiz. Boz ustiga qizil kartochka. Hozir qiyin holatdamiz. Har bir o'yinda bir nechta keskin vaziyatlar yaratyapmiz. Jizzaxda, Samarqandda yutsa bo'ladigan o'yinlar edi. Ishlashda davom etamiz",- deydi CHumak.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar