So’nggi yangiliklar

01:47"Челси" Гарначо учун 30 миллиондан кўп тўламоқчи эмас  0 01:11Эрик тен Хаг: "Фақатгина Гарри Поттер катта тезликда яхши жамоа ташкил қилиши мумкин"  1 00:11Санчога харидор топилди  0 23:52"Реал"нинг янги футболчиси: "Мен учун энг зўр футболчи - Месси"  2 23:22Конференциялар лигаси саралаши. "Сабаҳ" вазифани уддалай олмади  2 22:59Ринат Дасаев: "Ўзбекистонга Жаҳон чемпионатида омад тилайман"   1 22:38Тимур Кападзе: "Майдонга Дасаевга гол ураман деб тушган эдим"   1 22:14Доннарумма "Сити"да қанча маош олади?  5 21:53Расман: Мастантуоно - "Реал" футболчиси!  4 21:29Конференциялар лигаси саралаши. "Астана" сўнгги босқич олдидан мағлуб бўлди  6 21:04"Манчестер Юнайтед" футболчиси фаолиятини "Вест Бромвич"да давом эттириши мумкин  0 20:39Ўзбекистон терма жамоаси афсоналари Россия фахрийлари билан дуранг ўйнади  17 20:25"Манчестер Сити" ва Абдуқодир Ҳусанов 2025/26 йилги мавсум учун учинчи либосини тақдим этди   5 19:56"Барселона" Майамида ташкил этиладиган "Вильярреал"га қарши ўйин ортидан 5 млн евро ишлаб олади  0 19:25"Манчестер Юнайтед"нинг Лига кубоги 2-босқичидаги рақиби аниқланди  2

Etakchilar ro'baro' kelganda: A Seriya 18-tur prevyusi Yangiliklar

Etakchilar ro'baro' kelganda: A Seriya 18-tur prevyusi

Bugun tunda etakchi "Napoli" va uchinchi o'rindagi "Yuventus" to'qnashuvi bilan navbatdagi tur start oladi.

"Napoli" - "Yuventus"

Spalletti mavsum qaydnomasiga kiritilgan barcha futbolchi xizmatidan foydalana oladi. Hozirda "Napoli"da yo'qotishlar yo'q. Tezlik evaziga foyda keltiradigan Politano yoki joy tanlashga ko'proq urg'u beradigan Raspadoridan qaysi biri tarkibga kiritilishi qiziq savol bo'lib turibdi. Osimxenning hujum markazidagi joyi deyarli kafolatlangan. "Yuventus" haqida gap ketarkan, Keza asosiy tarkibda o'yinni boshlaydimi degan masala ochiq qolmoqda. Hujumda Kinning o'rnini Neapolda bir nechta omadli mavsum o'tkazgan Milik egallaydi. Bonuchchi esa taxminlarga qarshi safga qaytib ulgurmadi.

So'nggi bor Turinda jamoalar 1-1 hisobida durang o'ynashgandi. "Napoli" bu juftlikda sezilarli farq bilan favorit ekanligi qiziq albatta. Va buning barchasi "Yuventus"ning g'alabali va quruq (gol o'tkazib yubormayapti) seriyasi fonida. Nazarimda, mezbonlarga kamida juda qiyin bo'ladi, "keksa sinora" esa bazilarni yaxshigina xayron qoldirishi mumkin.


"Lechche" - "Milan"

Diskvalifikaciyadan keyin Xyulmand asosiy tarkibga qaytishi kutilmoqda. U Blin va Gonsales bilan himoya markazida elkama-elka harakat qiladi. Hujumda Di Franchesko bilan birga Lamek Banda tushsa ajab emas. Jarohat sabab Pongranich va Dermakuning o'yinda ishtirok etishi so'roq ostida qolmoqda. "Roma" darvozasiga urilgan goldan keyin Pobega asosiy tarkibdan o'rin olsa kerak, ustiga-ustak Tonalli diskvalificiyaga uchragan. Ker va Origi tiklanishdi, ammo asosiy tarkibda uchrashuvni boshlamasa kerak. SHuningdek, Messias ham jangga tayyor. Hujumda Leao-Jiru duetini ko'ramiz.

"Milan"ning "Lechche"ga safari ancha omadli chiqqan — 4-1. Bo'lajak bahsdan avval ham "rossoneri" yaqqol favorit hisoblanadi. Bir qarashda jamoa yaxshi sport formasida emasdek ko'rinishi mumkin, lekin shuning uchun ham jamoa zafar quchib, kayfiyatni yaxshilab olishi kerak. "Lechche" bunga qarshilik qilishi qiyin bo'lsa kerak.


"Inter" - "Verona"

Xandanovich va Brozovichning yoniga Lukaku ham jarohati bilan qo'shildi. CHalxano'g'li va Barellaning o'ynay olishi so'roq ostida. Agar shunday bo'lsa, markazda Aslani, hujumda esa Jeko-Lautaro juftligini ko'rishimiz aniq. Sababi Korrea optimal formada emas. "Verona" ham tarkib borasida muammolardan aziyat chekmoqda. Verdi jamoaga yordam berolmasligi aniq, Lazanya, Prashelik va Faraonining ishtiroki ham so'roq ostida. Hujumda bolqonliklar dueti Lazovich-Jurichichni ko'rsak kerak, ularga orqaroqdan Kallon yordam beradi.

O'tgan gal "Inter" "Verona"ni osonlik bilan taslim etgan 2-0. Qog'ozda "qora-ko'klar" bu safar ham yaqqol favorit. Ha, "Verona" hozir yaxshi holatda, "Inter" esa aksincha, muammolar bilan ovvora. Biroq darajadagi farq baribir o'z so'zini aytsa kerak. Milanliklar "Monca" bilan bo'lgani kabi xatolarni takrorlashmasa kerak.


"Atalanta" - "Salernitana"

"Atalanta" tarkibiga Sapata qaytishi va Xellun bilan duetda harakat qilsa ajab emas. Bunday holatda ularning ortiga Pashalich joylashadi. Oxirgi vaqtlarda ko'p o'yin o'tkazgan Bogaga dam olish imkoniyati yaratilsa ajabmas. Himoyada esa odatiy uchlik Skalvini-Toloi-Palomino. Kulibalining safga qaytishi bergamoliklar uchun ajoyib xabar. Madjore va Maccoki esa hali ham tiklanish jarayonini o'tkazmoqda. Kandrevaning o'yinda ishtiroki so'roq ostida qolmoqda, ammo u baribir o'yinga tushirilsa kerak.

Jan Pero Gasperining navbatdagi "qurboni". "Atalanta" etakchilari klubni tark etmoqda


So'nggi bor ushbu jamoalar to'qnashuvida 1-1 hisobi qayd etilgan. "Atalanta"ning bu juftlikda imkoniyatlari yuqoriroq baholanmoqda. Hozir har ikki klubni stabil o'yin ko'rsatyapti deb bo'lmaydi, biroq Janpero Gasperini jamoasida mahoratliroq, tajribaliroq yigitlar jam bo'lgan. "Bergamask"lar balki qiyinchilik bilan, lekin g'alabani tanatana qilishsa kerak.


"Roma" - "Fiorentina"

Katta ehtimol, uzoq vaqtdan so'ng ilk bor Kumbula asosiy tarkibda maydonga tushadi. U diskvalifikaciya qilingan Ibanesning o'rnini egallaydi. Albaniyalik Italiya kubogi ucharshuvini juda yaxshi o'tkazdi va asosiy tarkibga loyiqligini isbotlay olgandek. Boshqa chiziqlarda Mourinodan syupriz kutmasak ham bo'ladi. 


Kabral jarohat olgani "Fiorentina" uchun bosh og'riq bo'lishi aniq. Lekin yaxshi xabar ham yo'q emas — Yovich safga qaytdi. Sottil esa hamon lazaretda. SHuningdek, Kastrovilli ham sog'aygan va zaxiradan o'yinga qo'shilishi mumkin.

O'tgan safar "Fiorentina" Florenciyada ishonchli tarzda "Roma"ni enggan 2-0. SHunday bo'lsada, "Roma" bo'lajak to'qnashuv favoriti sifatida qaralmoqda. Ha, jamoa tiklanishiga Italiya kubogidan keyin kamroq vaqt bo'ldi, ammo "jalorossi" bu mavsum ancha tetik ko'rinmoqda. Standart vaziyatlardan unumli foydalanish faktori ham o'ta muhimligini unutmaslik zarur.


Sergey Rumyancev

Nozima To'xtamirzaeva tarjimasi

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика