Eron terma jamoasining uch futbolchisida koronavirus aniqlandi. Ularning Janubiy Koreyaga qarshi o'ynashi so'roq ostida
23 mar 2022 17:54
Yangiliklar
Eron terma jamoasining uch futbolchisida koronavirus aniqlandi. Ularning Janubiy Koreyaga qarshi o'ynashi so'roq ostida
Malumki, 25 mart kuni Osiyoda JCH saralash uchinchi bosqich o'yinlari davom ettiriladi.
SHu kuni 9-turdan o'rin olgan Janubiy Koreya - Eron uchrashuvi bo'lib o'tadi. Jahon chempionatiga chiqish vazifasini muddatidan oldin hal qilgan Eron terma jamoasining uch nafar etakchisi koronavirus yuqtirib oldi. Bular - Alirizo Jahonbaxsh, Mehdi Taremi va Saman Goddos.
Endilikda shu futbolchilarning Janubiy Koreyaga qarshi maydonga tushishi so'roq ostida turibdi. Bundan tashqari jamoa boshlig'i Hamid Estili bilan yordamchi murabbiy Karim Bagerida ham test natijasi musbat chiqdi.
Janubiy Koreya - Eron bahsi shu haftaning payshanba kuni "Seoul World Cup" stadionida o'tkaziladi.
Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
O’xshash yangiliklar
20:55
U-23 Osiyo Kubogi. Eron bilan durang o'ynadik. Guruhdan chiqish masalasi oxirgi turga qoldi 129
championat.asia
U-23 Осиё Кубоги. Эрон билан дуранг ўйнадик. Гуруҳдан чиқиш масаласи охирги турга қолди
"Барселона" Испания Суперкубоги финалида "Реал"ни мағлуб этиб, бош совринни қўлга киритди
Бугун Испания Суперкубоги финали доирасида “Эл класико” бўлиб ўтади
Эронга қарши учрашувдан сўнг Равшан Ҳайдаров нималар деди?
Fikrlar