So’nggi yangiliklar

21:25Расман: Тома Табатадзе "Бухоро" клубига ўтди!  2 21:07"Динамо" Беларусда ўтказилган назорат ўйинида маҳаллий жамоага ютқазди  0 20:35АПЛнинг икки клуби Коло-Муани билан шартнома имзоламоқчи  0 20:15Расман: Жаҳонгир Абдусаломов "Динамо" футболчисига айланди  3 19:49Сауль "Атлетико" билан шартномани бекор қилиб, турк клубига ўтади  0 19:34МЮ Жексоннинг агенти билан музокара ўтказди  2 18:50Петар Шегрт: “Лёв билан бўлган суҳбатимиз ОАВда тарқалиб кетишини истамайман. ЎФАдан бўлган таклиф ҳақида сўрамайман. Тожикистондан кетганимга сабаб…”  7 18:26Диалло "МЮ" ҳақида: "АПЛда кучли бешликка кирсак, мавсумни омадли деб ҳисобласа бўлади"  2 17:49Расман: Улуғбек Ҳошимов – "Динамо" футболчиси  4 17:11Лапортнинг Европага қайтиш эҳтимоли юқори  0 16:42Лофтус-Чик: "Бизга Модричнинг тажрибаси керак"  0 15:51"Реал" Винисиус билан шартнома бўйича музокараларни қайта бошламоқчи  1 15:24"Атлетико" "Челси"нинг португалиялик футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 14:57"Бавария" Диаснинг трансфери амалга ошмаган тақдирда, бошқа ўйинчиини кўзлаб қўйди  0 14:28"Реал" Рейньер билан шартномани бекор қилиши мумкин  0

Eron - O'zbekiston uchrashuvi sanasi o'zgardi Yangiliklar

Eron - O'zbekiston uchrashuvi sanasi o'zgardi

Teglar :  EronO'zbekiston
Jahon chempionati saralashining uchinchi bosqichida ishtirok etayotgan O'zbekiston milliy terma jamoasining taqvimida o'zgarish yuz berdi.

Eron hamda O'zbekiston Futbol Federaciyalarining o'zaro kelishuvi asosida saralashning uchinchi bosqichi 8-turi doirasidagi Eron – O'zbekiston uchrashuvi 2017 yilning 12 iyun sanasiga ko'chirildi.

Eslatib o'tish lozimki, taqvimning dastlab tasdiqlangan ko'rinishiga asosan ushbu o'yin 2017 yilning 13 iyunida o'tkazilishi lozim edi.  

Hozirga qadar saralashning uchinchi bosqichi doirasida jamoalar beshtadan o'yin o'tkazishgan bo'lib, Eron “A” guruhida peshqadamlik qilmoqda. Karlush Keyrush boshchiligidagi jamoa hisobida 5 o'yindan so'ng 11 ochko mavjud. Ikkinchi o'rinni egallab turgan Janubiy Koreya hisobida 10, uchinchi o'rindagi O'zbekistn milliy terma jamoasi hisobida esa 9 ochko bor.

O'zbekiston milliy terma jamoasining saralash bosqichidagi keyingi uchrashuvi 23 mart kuni safarda Suriyaga qarshi bo'ladi. Unga qadar esa O'zbekiston Armaniston hamda Gruziya terma jamoalari bilan o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazish borasida kelishuvga erishgan.

Gruziya terma jamoasiga qarshi nazorat o'yini 23 yanvar kuni bo'lib o'tsa, Armanistonga qarshi 12 fevral kuni o'tkaziladi.

Reyting: -44   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика