Eron chempionati. "Persepolis" O'runov va Sergeevning gollari evaziga "Sepaxon"ni mag'lubiyatga uchratdi
23 jan 17:42
Yangiliklar
Eron chempionati. "Persepolis" O'runov va Sergeevning gollari evaziga "Sepaxon"ni mag'lubiyatga uchratdi
Eron Pro ligasi 17-turidan o'rin olgan "Persepolis" – "Sepaxon" uchrashuvi yakunlandi.
Unda "Persepolis" 2:1 hisobida g'alaba qozondi. Dastlab 53-daqiqada Oston O'runov hisobni ochgan bo'lsa, keyingi golni aynan O'runovning pasidan keyin ikkinchi bo'limda maydonga tushgan Igor Sergeev urdi. Bu uning "qizillar" safidagi debyut goli edi. 90+5-daqiqa o'tib borayotgan bir paytda Sergeev qo'pol harakat qilgani uchun qizil kartochka bilan jazolandi.
"Persepolis" ayni paytda 31 ochko bilan birinchi o'rinni egallab turibdi. Mag'lub bo'lgan "Sepaxon" ham xuddi shuncha ochko bilan ikkinchi pog'onada bormoqda.
Eron Pro ligasi
17-tur
"Persepolis" – "Sepaxon" 2:1
Gollar: Oston O'runov (Milod Muhammadi) 53', Igor Sergeev (Oston O'runov) 72' – Rikardu Alvesh penalti 90+13'
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Испания Кубоги. "Атлетико" илк ўйинда "Барселона" дарвозасига жавобсиз 4 та гол урди
Эрик Гарсия: "Сўнгги пайтларда ҳакамларнинг бирорта қарори бизнинг фойдамизга бўлмаяпти"
Ла Лига. Бир неча кун олдин "Барселона"ни тор-мор этган "Атлетико" чемпионат аутсайдерига йирик ҳисобда мағлуб бўлди ва тўртинчи ўринга тушиб кетди
Англия Кубоги. "Манчестер Сити" ўз майдонида "Салфорд Сити"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди
Fikrlar