So’nggi yangiliklar

12:14"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги ҳужумчини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 11:32"Интер"нинг асосий трансфер мақсади маълум қилинди  0 11:07Тома Табатадзе "Бухоро"га ўтиши мумкин  0 10:07Месси пеналтисиз голлар бўйича Роналдуни ортда қолдирди  22 09:52"Ньюкасл" Исакни сотиш ниятида эмас — клуб унинг нархини 173 миллион еврога кўтарди  1 09:24"Барселона" "Реал" юлдузини кўзламоқда — футболчи билан алоқа ўрнатилди  25 08:48"Нефтчи" таркибига нигериялик футболчи қўшилди  5 08:26Эрон клуби Одил Ҳамробеков трансфери учун "Бунёдкор"га қанча тўлади?  1 07:52"Интер Майами" "Ред Буллз"ни 5:1 ҳисобига ютди — Мессидан дубль  24 07:10"Бунёдкор" дарвозабони ОКМКга ўтди  0 00:44"Барселона" Рэшфордни 30-35 млн еврога сотиб олиш ҳуқуқига эга бўлади. МЮ 50 млн хоҳлаганди  3 00:12"Реал" ярим ҳимоячисини 20 млн еврога сотмоқчи  1 23:27Икки футболчи "Машъал" билан хайрлашди  0 22:53Ўзбекистон U-23 ўртоқлик ўйинида "Бунёдкор" билан дуранг ўйнади  5 22:16Эшитдик-да! "Андижон"ни тарк этган дарвозабон Тошкент клубига ўтмоқда  1

EPL Manager: 14-tur sharhi Yangiliklar

EPL Manager: 14-tur sharhi

Angliya Premer-ligasida 14-tur uchrashuvlari yakunlandi va EPL Manager fentezi-futbol turnirida ham o'zgarishlar yuz berdi.

APLning 14-turi "Manchester Siti" - "CHelsi" uchrashuvi bilan boshlandi (1:3). Ikki jamoa chempionlik uchun asosiy davogarlardan hisoblanadi va "Ettixad"dagi bahs o'zgacha ahamiyatga ega edi. Birinchi bo'lim oxirida "shaharliklar" Keyxillning avtogoli bilan hisobni ochishdi, ammo uchrashuvning ikkinchi qismida "aristokratlar" iroda ko'rsatishdi. Kosta, Villian va Azar o'z hisobiga bittadan gol yozdirib, jamoasining g'alabasini taminlashdi. Uchrashuv jamoa futbolchilari o'rtasidagi mushtlashuv bilan yakunlandi va Aguero (4 ta o'yinga) hamda Fernandino (3 ta o'yinga) diskvalifikaciya qilindi.

"Kristal Pelas" kutilmaganda o'z maydonida "Sautgempton" darvozasiga javobsiz 3 ta gol urdi. Gollarga Tomkins va Benteke (dubl) mualliflik qildi. "Sanderlend" hamda "Lester Siti" uchrashuvida Devid Moyes jamoasi Raneri shogirdlarini 2:1 hisobida taslim etishdi.

"Stok Siti" va "Byornli" (2:0) turnir jadvalida qo'shni edi, ammo Mark Xyuz shogirdlari Uolters va Munesa gollari evaziga 9-o'ringa chiqib oldi.

"Vest Bromvich" o'z maydonida "Uotford"ni qabul qildi (3:1). Evans, Brant va Fillipslarning gollariga "Uotford"dan Kabasele bitta gol bilan javob berdi.

"Tottenxem" "Suonsi"ga qarshi bahsda 5 ta gol urdi. Keyn va Eriksen dubl qayd etdi, Son Xyon Min ham o'z hisobiga gol yozdirib qo'ydi. Bu g'alaba tufayli "shporlar" turnir jadvalida 5-o'ringa chiqib oldi.

"Arsenal" London derbisida "Vest Xem"ni yirik hisobda mag'lub etdi. Aleksis Sanches ushbu bahsda EPL Manager foydalanuvchilari uchun 20 ochko (supersardor 60 ochko) ishlab berdi. Ozil, Oksleyd-CHemberlen va Kerrollar ham bittadan gollarga mualliflik qilishdi.


"Bornmut" - "Liverpul" uchrashuvida turning kutilmagan natijasi qayd etildi. Yurgen Klopp shogirdlari 3:1 hisobida oldinda borayotib, bahsning so'nggi 15 daqiqasida 3 ta gol o'tkazib yuborishdi. Mezbonlar safida Uilson, Freyzer, Kuk va Ake, mehmonlardan esa Mane, Origi va Jan gol urishdi.

"Everton" - "Manchester Yunayted" bahsida tomonlar murosa ko'chasini tanlashdi. Ibragimovich va Beyns urgan gollar bahs 1:1 hisobida yakunlanishini taminladi.

14-tur o'yinlari "Midlsbro" hamda "Xall Siti" o'rtasidagi uchrashuv (1:0) bilan yakunlandi. Bahsdagi yagona golga Ramires mualliflik qildi.


EPLMANAGER

Bu turda birdaniga ikki jamoa turda eng yaxshi bo'ldi: "Bluesbrother" (Indoneziya) va "Afrosiyob777" (O'zbekiston). Ikkala foydalanuvchi 124 ochkodan to'plashdi, ularning ko'p ochko to'plashiga Aleksis Sanchesning supersardor sifatida tanlanishi sabab bo'ldi.





Turning eng yaxshi futbolchilari:

1. Alexis Sanchez (ARS) 20 points

2. Christian Eriksen (TOT) 16 points

3. Ryan Fraser (BOU( 12 points

4. James Tomkins (CRY) 11 points

5. Marc Muniesa(STK) 11 points

6. Son Heung-Min (TOT) 11 points

Super-sardor sifatida eng ko'p tanlangan 10 futbolchi:

1. Harry Kane

2. Alexis Sanchez

3. Sergio Aguero

4. Diego Costa

5. Eden Hazard

6. Sadio Mane

7. Zlatan Ibrahimovic

8. Alvaro Negredo

9. David de Gea

10. Roberto Firmino

11. Jermain Defoe

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика