Enrike: "Telefonim "Barselona" muxlislaridan kelgan xabarlarga to'la"
10 iyu 08:56
Yangiliklar
Enrike: "Telefonim "Barselona" muxlislaridan kelgan xabarlarga to'la"
PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike "Real"ni mag'lub etganidan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Telefonim "Barselona" muxlislaridan kelgan xabarlarga to'la. Bugungi o'yin juda muhim ekanligini yaxshi bilardik. Biz bugun dunyoning eng kuchli jamoalaridan biriga qarshi bahs olib bordik. "Real Madrid" - buyuk jamoa. Bunday raqibga qarshi bahs olib borish esa doim qiyin. Bugun biz to'xtamadik. Maydonda oxirgacha harakat qildik. Issiq havo o'yinga biroz tasir qildi. Bizni uch kundan so'ng final kutmoqda. Biz maqsadimiz tomon yurishda davom etamiz. Biz tarixga kirishni istaymiz. Tarixga kirganimizdan so'ng esa bemalol dam olsak bo'ladi", - dedi murabbiy.
Eslatib o'tamiz, PSJ finalda "Chelsi"ga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv 13 iyulga belgilangan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar