Enrike klublar o'rtasidagi JCH yarim finali oldidan: "Real"ni tahlil qilish qiyin – taktik jihatdan bu yangi jamoa"
09 iyu 12:48
Yangiliklar
Enrike klublar o'rtasidagi JCH yarim finali oldidan: "Real"ni tahlil qilish qiyin – taktik jihatdan bu yangi jamoa"
Luis Enrike "Real"ga qarshi o'yin oldidan fikr bildirdi.
9 iyul kuni PSJ va "Real" klublar o'rtasidagi jahon chempionatining yarim final o'yinida to'qnashadi.
"Bu "Real"ni tahlil qilish qiyin. Taktik jihatdan Madrid klubi yangi jamoa va bu bilan bog'liq muammolar bor. Lekin ularda individual kuchli o'yinchilar bor. Menimcha, Xabi Alonso ajoyib jamoa qurmoqchi.
Bu o'zgacha bahs bo'ladi. "Real"ga qarshi o'yin bizning turnirda yaxshi ketayotganimizni anglatadi. Bizda motivaciya kuchli.
Ashraf Xakimi – shubhasiz, men mashq qildirgan eng yaxshi qanot himoyachilaridan biri. Nunu Mendesh ham chap qanotda jahon darajasidagi o'yin ko'rsatmoqda", – dedi PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar