Emmanuel Peti: "Agar sovrinlar yutmoqchi bo'lsangiz, sizga bunaqa darvozabon kerak emas. Shevaleda xatolar ko'p"
21 jan 18:16
Yangiliklar
Emmanuel Peti: "Agar sovrinlar yutmoqchi bo'lsangiz, sizga bunaqa darvozabon kerak emas. Shevaleda xatolar ko'p"
"Birinchi golda uni ayblab bo'lmaydi, lekin ikkinchi gol... Ko'p bor haqli ravishda tanqid qilingan Donnarumma o'tgan mavsumda katta o'yinlarda o'zini ko'rsata olgandi. Undan yuqori saviya kutilganda, u buni uddalardi.
Shevale esa poziciya tanlashda muvozanatni yo'qotdi, u maydonda dovdirab qolgandek ko'rindi. To'p to'g'ri uning ustiga kelayotgan bo'lsa-da, u zarba kuchidan hayratda qoldi. Ha, menimcha, bu darvozabonning yaqqol xatosi.
Agar siz turnirda oxirigacha bormoqchi bo'lsangiz va yirik sovrinlarni qo'lga kiritishni istasangiz, sizga bunday darvozabon kerak emas. Hozircha Shevalega yuqori darajada hukmronlik qilish uchun nimadir etishmayapti", — dedi Peti.
Eslatib o'tamiz, parijliklar safida Shevalening asosiy raqobatchisi bo'lgan rossiyalik Matvey Safonov ayni damda qo'lidagi sinish jarohatidan so'ng tiklanish jarayonini o'tamoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Испания Кубоги. "Атлетико" илк ўйинда "Барселона" дарвозасига жавобсиз 4 та гол урди
Эрик Гарсия: "Сўнгги пайтларда ҳакамларнинг бирорта қарори бизнинг фойдамизга бўлмаяпти"
Ла Лига. Бир неча кун олдин "Барселона"ни тор-мор этган "Атлетико" чемпионат аутсайдерига йирик ҳисобда мағлуб бўлди ва тўртинчи ўринга тушиб кетди
Англия Кубоги. "Манчестер Сити" ўз майдонида "Салфорд Сити"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди
Fikrlar