So’nggi yangiliklar

02:50А Серия. "Милан" "Фиорентина" билан, "Интер" "Наполи" билан дуранг ўйнади, "Лацио" эса меҳмонда "Верона"дан устун келди  0 02:05"Барселона" Испания Суперкубоги финалида "Реал"ни мағлуб этиб, бош совринни қўлга киритди  224 23:58Бундеслига. "Бавария" ўз уйида "Вольфсбург"га 8 та гол урди  4 23:34Англия кубоги. "Манчестер Юнайтед" турнирни тарк этди  33 23:10“Навбаҳор” ўз сафига грузиялик футболчини қўшиб олди, у бунга қадар ҳам Ўзбекистонда ўйнаган  5 22:12Перес: "Жонажон Жиддага қайтдик"  5 21:13Лапорта: "Саудия Арабистони жаҳон футболининг марказига айланмоқда"  3 21:02Эшитдик-да! Бобир Абдихолиқов “Насаф”га қайтмоқда  16 20:55Англия кубоги. "Арсенал" "Портсмут"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, Мартинеллидан хет-трик  4 19:41"Реал" янги шартнома бўйича Emirates’дан йилига 100 млн олиши мумкин. Клуб Adidas ва HP’ни ҳисобга олган ҳолда футболкада 300 миллион ҳомийга эга бўлишни хоҳлайди  1 18:35"Ал Иттиҳод" 38 ёшли Бенземага 2028 йилгача мўлжалланган шартнома таклиф қилди  2 17:36"Барса”, ПСЖ, "Интер”, "Юве”, "Монако" ва "Порту" клублари россиялик футболчига қизиқмоқда  2 16:58Наманган вилояти ҳокими "Навбаҳор" стадионини кўздан кечирди  14 16:01Бугун Испания Суперкубоги финали доирасида “Эл класико” бўлиб ўтади  79 15:42Хулиан Альварес АПЛга қайтиши мумкин  3

Eldor SHomurodov o'zbek tilida bergan intervyusini boshqa manoda talqin qilgan italyan nashrlariga raddiya berdi Yangiliklar

Eldor SHomurodov o'zbek tilida bergan intervyusini boshqa manoda talqin qilgan italyan nashrlariga raddiya berdi

Futbolchining fikricha, uning so'zlari noto'g'ri talqin qilingan.

Bir necha kun avval "Roma" klubi hujumchisi Eldor SHomurodov O'zbekiston milliy terma jamoasi yig'inlari doirasida o'zining Italiyadagi faoliyati haqida intervyu bergandi. Bu suhbat italyan nashrlarigacha etib bordi. 

Italiyadagi juda ko'p nashrlar Eldorning ushbu intervyusini "Agar "Roma" safida maydonga tushmasam, unda klubdan ketaman" sarlavhasi ostida chop etishdi.

Hamyurtimiz Eldor SHomurodov esa ushbu xabarlarga o'z instagram sahifasida italyan tilida izoh berdi:

"Hammaga salom. Mening tarjima qilingan intervyularimning birida agar "Roma" safida o'ynamasam, klubdan ketishga tayyorligim haqida aytilgan. Men hech qachon bunday demaganman. "Roma"ning bir bo'lagi ekanligimdan mamnunman va har kuni o'z ustimda yaxshiroq ishlashni xohlayman. SHu orqali jamoadoshlarim va murabbiyga ko'proq yordam bermoqchiman", -deb yozadi Eldor SHomurodov.


O'sha intervyuning o'zbek tilidagi asl ko'rinishida qo'yidagi so'zlar aytilgandi:

- Rejangizda keyingi mavsum ham "Roma"da qolish niyati bormi?

- Klub bilan amaldagi shartnomam bor. Agar o'ynaydigan bo'lsam qolishni xohlayman, lekin ko'p vaqt zaxirada o'tirish niyatim ham yo'q.

Quyidagi videoda Eldor SHomurodovning so'zlarini eshitib, vaziyatga o'zingiz baho berishingiz mumkin:


Eldor SHomurodov: "Mourinyu bilan munosabatim boshidagidek emas, lekin..."

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика