Eldor Shomurodov murabbiyi Nuri Shaxin, to'purarlik poygasi va "Fenerbaxche" haqida gapirdi
16 fev 13:34
Yangiliklar
Eldor Shomurodov murabbiyi Nuri Shaxin, to'purarlik poygasi va "Fenerbaxche" haqida gapirdi
"Istanbul Bashakshehir" va O'zbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov Turkiya Superligasi 22-turidan o'rin olgan "Beshiktosh" bilan uchrashuvdan (2:3) so'ng "Fenerbaxche"ning qiziqishi haqidagi savolga javob berdi.
- Nuri Shahin kelgach jamoada o'sish kuzatildi...
- O'yin tomonlama ancha o'sdik. Kerakli ochkolarni qo'lga kiritdik. Katta o'yinlarda nimadir etishmayapti. Gol o'tkazib yubormaslik uchun ko'proq ishlashimiz kerak, biz uchun bir ochko ham ochko.
- To'purarlik poygasi ham avjiga chiqmoqda...
- Albatta, to'purar bo'lsam, xursand bo'laman. Ammo birinchi navbatda jamoa bilan Evropa Ligasiga yo'llanmani qo'lga kiritishimiz kerak.
- Transfer oynasi yopilguniga qadar Turkiyada kun mavzusi bo'lib turdingiz. "Fenerbaxche"dan taklif bilan chiqishdimi?
- O'zim bu haqda faqat internetda o'qidim. Mengacha etib kelgani yo'q. Bu erda hammasi yaxshi ketyapti. Murabbiy bilan munosabatlarim yaxshi. U ham ketishimni istamasdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Испания кубоги. "Барселона" "Атлетико"ни йирик ҳисобда ютган ўйинда мадридликлар финалга йўл олди
Ҳамдамовга аталган оқшомда "Пахтакор" "Қўқон-1912"ни сафарда қийинчилик билан енгди
"Атлетико"ни йирик ҳисобда мағлуб этиб, кубокдан чиқиб кетган Флик нималар деди?
Суперлига. "Қизилқум" ўз майдонида "Андижон"ни мағлуб этди
Fikrlar
Узи шундогам Элдорни жамоаси яхши кетяпди.Шу темпда давом этса мавсум охиригача ЕЛ сини бемалол накд килса булади.