Eldor Shomurodov: "Ikkinchi marta yaxshi o'yin ko'rsatgan uchrashuvda yutqazdik"
16 fev 01:34
Yangiliklar
Eldor Shomurodov: "Ikkinchi marta yaxshi o'yin ko'rsatgan uchrashuvda yutqazdik"
"Ikkinchi marta yaxshi o'yin namoyish etgan uchrashuvda imkoniyatni boy berdik. "Trabzonspor", shuningdek, "Beshiktosh"ga qarshi avvalgi bellashuvda oxirgi daqiqalarda o'tkazib yuborilgan gol sababli yutqazgandik.
Bu muammoni o'rganishimiz kerak. Evropa ligasi yo'llanmasini qo'lga kiritishni xohlasak, shunday o'yinlarda ochko olishimiz kerak. Natijadan barcha xafa. Chunki alamli mag'lubiyat bo'ldi. Biroq shu kabi to'qnashuvlar bizni yanada kuchliroq qiladi.
Uchrashuvdan avval ham 6 ochkolik o'yin ekanligini aytildi. Menimcha, yomon o'yin namoyish etmadik. Yaratilgan vaziyatlardan unumli foydalana olmadik. Oxirgi daqiqalarda gol o'tkazib yuborganimiz esa alamli bo'ldi.
Hakam qaysidir jamoaga yonbosadi demagan bo'lardim. Ammo bu soha hali rivojlanishi kerak. Sababi, bahsli vaziyatlarda jamoamiz zarariga ishlashidan tashqari juda ko'p to'xtatilishlar sodir bo'lishiga sabab bo'lmoqda. To'xtalishlarning ko'payishi esa o'yin tempiga tasir qilib, tomoshabinlar uchun ham yoqimsiz holga aylanadi", dedi o'zbekistonlik forvard.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Испания кубоги. "Барселона" "Атлетико"ни йирик ҳисобда ютган ўйинда мадридликлар финалга йўл олди
Ҳамдамовга аталган оқшомда "Пахтакор" "Қўқон-1912"ни сафарда қийинчилик билан енгди
"Атлетико"ни йирик ҳисобда мағлуб этиб, кубокдан чиқиб кетган Флик нималар деди?
Суперлига. "Қизилқум" ўз майдонида "Андижон"ни мағлуб этди
Fikrlar
Аллоҳ ўзи мададкор бўлсин