Eldor Moyliev: "Sirojiddin Qo'ziev legionerga aylandi"
03 iyu 23:14
Yangiliklar
Eldor Moyliev: "Sirojiddin Qo'ziev legionerga aylandi"
- Teng jamoalar o'rtasida kurash bo'ldi. O'z xatolarimiz evaziga gollar qo'yib yubordik. Afsuski futbolchilarimiz to'p yo'qotilishiga tayyor emasdi. Shu ikkita gol o'yin taqdirini hal qildi.
- O'zbekiston terma jamoasining sobiq futbolchisi Sherzod Azamov "Sho'rtan" murabbiylar shtabiga qo'shilishi haqida xabarlar chiqdi. Bu malumot rostmi?
- Murabbiylar shtabini rahbariyat hal qiladi. Sherzod Azamovni murabbiylik licenziyasi mavjud emas. Bilmadim. Buni rahbariyat qiladi. Murabbiylar shtabida ishlash uchun kamida A licenziya bo'lishi kerak.
- Sirojiddin Qo'ziev jamoadan ketadimi?
- Bugungi o'yinda Qo'ziev kabi futbolchilarning yo'qligi sezildi. Sirojiddin Qo'ziev Hindiston jamoasiga o'tdi. U legionerga aylandi. Shartnomasida xorijdan yaxshiroq taklif bo'lsa, qo'yib yuborishimiz kerakligi borasida band bor edi.
- Birinchi davra yakunlandi. Rejalar qanday?
- Futbolchilar olamiz, jamoani kuchaytiramiz. Har bir chiziqda raqobat yuzaga keltiramiz. Tajribali futbolchilarni ham ko'z ostimizga olib qo'yganmiz va ularni ham jamoaga taklif qilamiz. Shuningdek, fikrlari yaxshi bo'lgan yosh futbolchilarni ham jamoaga olib kelamiz.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar