So’nggi yangiliklar

17:34"Рома" янги ҳимоячини ўз сафига қўшиб олди  0 17:18Уларга ҳам амалиёт керак ёхуд U-23 терма жамоасини нималар кутмоқда?  1 16:51"Бавария" учинчи либосини тақдим этди – унда 1920 йиллардаги логотип тасвирланган  0 16:26Эрон терма жамоаси асосий дарвозабони 4 ойга дисквалификация қилинди  0 16:03"Манчестер Юнайтед" либосларининг орқа томонига уч нафар афсонанинг исмини ёздириш тақиқланди  0 15:47"Барселона" ва "Реал" афсоналари Месси ўйнайдиган стадионда учрашади  0 15:20Аргентиналик юлдуз МЮни "Челси"га алмаштирмоқчи  1 14:53Илёс Зейтуллаев: "Орзу қилиш зарар қилмайди, охиригача курашамиз!"  0 14:25"Пахтакор" собиқ устози Саудия Арабистони клубида иш бошлади  3 14:01Моуриньо "Вильярреал"га йўл олди  4 13:38"Манчестер Юнайтед" янги ярим ҳимоячи топди  0 12:37"Ливерпуль" Родриго билан шартнома борасида музокара ўтказди  6 12:14Санчо "Боруссия"га қайтиш учун маошини икки баробарга қисқартиришга тайёр  1 12:03Роҳатижон  11 11:48Париж клуби "Барселона" футболчисига кўз тикди  1

Ekspert minbari: "O'zbekiston hozirgi Yaponiyadan kuchli" - Mirjalol Qosimov Yangiliklar

Ekspert minbari: "O'zbekiston hozirgi Yaponiyadan kuchli" - Mirjalol Qosimov

Osiyo Kubogining 3-tur doirasidagi Yaponiya - O'zbekiston uchrashuvi oldidan "Championat.asia" sayti etakchi mutaxassislarimizdan terma jamoamizning o'yini va ishtiroki haqida ekspert fikrini taqdim etadi.

Dastlab terma jamoamizning sobiq ustozi va ayni paytda AGMK bosh murabbiyi vazifasida ishlayotgan o'zbek futboli afsonasi Mirjalol Qosimovning fikrlari bilan qiziqdik.

Mirjalol Qosimov: "Terma jamoamiz pley-off bosqichi masalasini hal etib bo'ldi. Musobaqada yaxshi start olish muhim. Birinchi o'yin esa tabiiyki doimo qiyin kechadi. Ayniqsa Osiyo Kubogi sensaciyalar bilan boshlangani uchun ham baribir ko'pchilik dastlabki uchrashuvni havotir bilan kutgandi. Ummonga qarshi bahsda jamoamiz muxlislar kutgan o'yinni ko'rsata olmadi. Lekin muhim g'alaba tantana qilindi. Ikkinchi turda esa nafaqat natija, balki o'yindan ham ko'pchilik xursand bo'ldi. Terma jamoamiz o'yindan-o'yinga qo'shib, kuchayib bormoqda. Aynan shu tempda davom etish kerak. Bu kabi musobaqada jamoa o'yini  kuchayib borishi juda muhim.


Yaponiyaga qarshi o'yin bo'lajak o'yin haqida to'xtaladigan bo'lsam, biz "F" guruhidamiz va bo'lajak ehtimoliy raqiblarimiz bilan tanishib chiqqan holda o'yinga kirishamiz. O'ylashimcha, murabbiylar shtabi barcha detallarni inobatga olgan holda mazkur bahsga o'ziga xos reja asosida yondoshishadi. Kuperda "A" va "B" rejasi bor deb o'ylayman. SHundan kelib chiqqan holda tajribali mutaxassis ikkita rejadan birini amalga oshirish imkoniyatiga ega bo'ladi. SHu taraflama "F" guruhidan o'rin olganimiz yaxshi bo'ldi. Muhimi, terma jamoamiz o'yindan-o'yinga kuchayib borishi lozim.

Yaponiya haqida gapiradigan bo'lsam, bu jamoa har doim Osiyoda eng kuchlilar qatorida bo'lib kelgan. Ochig'i, AGMK mashg'ulotlari tufayli Yaponiyaning barcha o'yinlarini kuzatish imkoniyatiga ega bo'lmadim. Turkmanistonga qarshi bellashuvning ikkinchi taymini ko'rdim. SHunisi aniqki, samuraylar doimo jamoaviy o'yinga asoslangan futbol ko'rsatishni xush ko'rishadi. Garchi individual ijrochilari ko'p bo'lsada, ulardan yaxlit bir kuchli jamoa tuziladi. Yaponiya termasining kuchli jihati aynan jamoaviy hamjihatligida. CHiziqlar o'rtasidagi bog'liqlik ham mukammal ishlaydi.

Yaponiya Osiyo Kubogiga o'zining asosiy tarkibini emas, balki kelajakni o'ylagan holda Tokio-2020da qatnashadigan yosh toifadagi futbolchilarni olib kelgan va ular orqali yangitdan jamoa tuzilmoqda. Yosh istedodlar atrofida esa 5-6 nafar malakali futbolchilar jamlangan. Yaponiya terma jamoasi murabbiylar shtabi ham biz kabi ehtimoliy raqiblari kim bo'lishini bilgan holda shunga qarab o'yinni tashkillashtirishadi.

Hozirgi Yaponiya va O'zbekiston termalarini taqqoslaydigan bo'lsak, milliy jamoamiz kuchli".

Mirjalol Qosimov o'z fikrlarini yakunlab, O'zbekiston nimchorak final yo'llanmasini qo'lga kiritgani bilan barcha muxlislarni tabrikladi hamda terma jamoamizga Yaponiyaga qarshi bo'lajak uchrashuvda omad tilab, keyingi bosqichda ham zafarli yurish davom etishini niyat qildi.

Reyting: +103   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика