Ekitikega hech qanday jazo tayinlanmaydi. Slot jarima haqidagi mish-mishlarni rad etdi
26 sen 17:42
Yangiliklar


Ekitikega hech qanday jazo tayinlanmaydi. Slot jarima haqidagi mish-mishlarni rad etdi
"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slotning malum qilishicha, Ugo Ekitikeni chetlatish uchun jazolashmaydi.
"Qizillar" hujumchisi Angliya Liga Kubogi doirasida "Sautgempton"ga qarshi o'yinda tanaffusdan so'ng zaxiradan maydonga tushdi va 53-daqiqada raqibni ushlab turgani, keyin esa to'pni otib yuborgani uchun ogohlantirildi.
85-daqiqada franciyalik futbolchi Kezaning uzatmasidan unumli foydalanib, aniq zarbasi bilan mersisaydliklarni hisobda oldinga olib chiqdi – 2:1. Goldan so'ng Ekitike futbolkasini echib, tribunaga ko'z-ko'z qildi. Bosh hakam Tom Bremell unga ikkinchi sariqni ko'rsatdi.
Jazo tariqasida klub futbolchini ikki haftalik maoshidan mahrum qilishi xabar qilingandi. Biroq Arne Slot buni rad qildi.
"Bu klubda jarimadan qo'rqmasdan xato qilish mumkin. U yosh yigit va ajoyib inson", – dedi mutaxassis.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar