Edegor "Bornmut"ga qarshi yirik g'alabadan so'ng jamoadoshlarini ogohlantirdi
22 avg 2022 01:29
Yangiliklar
Edegor "Bornmut"ga qarshi yirik g'alabadan so'ng jamoadoshlarini ogohlantirdi
"Arsenal" yarim himoyachisi Martin Edegor "Bornmut"ga qarshi o'yin haqida fikr bildirdi.
"Kanonirlar" yangi mavsumning dastlabki uch o'yinida g'alaba qozondi. SHunga qaramay, jamoaning norvegiyalik sardori futbolchilarni kibrlanib ketmaslikka chaqirdi.
"O'tgan mavsum bilan solishtirganda ancha yaxshilandik. Lekin xotirjamlikni ushlab qolgan holda kamtarona bo'lishda davom etishimiz lozim. Biz maydonda ustunlikni qo'lga oldik, yaxshi vaziyatlar yaratdik va kerakli gollarni urdik. Har bir uchrashuv qiyin o'tishini bilamiz va oxirigacha kurashamiz", — dedi Edegor.
Eslatib o'tamiz, "to'pchilar" etakchisi 3-turda dublga erishdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar