ECHLda hafta futbolchisi aniqlandi
02 may 16:09
Yangiliklar
ECHLda hafta futbolchisi aniqlandi
"Inter" himoyachisi Dyumfris Chempionlar Ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
"Inter"ning o'ng qanot himoyachisi Denzel Dyumfris Chempionlar Ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisi bo'ldi, deb xabar berdi UEFA matbuot xizmati.

Eslatib o'tamiz, 30 aprel, chorshanba kuni milanliklar Evropa Chempionlar Ligasi 1/2 finalining birinchi o'yinida "Barselona" bilan mehmonda 3:3 hisobida durang o'ynadi.
29 yoshli niderlandiyalik futbolchi 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Shu tariqa Dyumfris sovrin uchun yana bir davogar, "Arsenal"ga qarshi safarda g'alabali o'yinda (1:0) ishtirok etgan PSJ yarim himoyachisi Vitinyani ortda qoldirdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Месси Роналдунинг рекордини такрорлади, бироқ...
Суперлига. "Пахтакор" финал олдидан меҳмонда "Хоразм"ни енгди, икки жамоа ўйинни 10 киши тугатди
Суперлига. "Нефтчи" Ғузорда ишончли ғалабага эришди
Суперлига. "Қизилқум" ўз майдонида "Динамо" устидан ишончли ғалабага эришди
Fikrlar