So’nggi yangiliklar

00:45МЮ яна Шешко вариантига қайтди. Бунинг учун клуб ўйинчи сотиши керак  0 00:19"Сўғдиёна" ўртоқлик ўйинида "Абдиш Ата" клуби билан дуранг ўйнади  1 23:59Винисиус янги шартнома бўйича "Реал"да Мбаппедан кўпроқ маош олишни истамоқда  5 23:35"Реал" Конатенинг трансфери бўйича "Ливерпуль" билан алоқага чиқди  1 22:45"Барса" Рэшфордни тўлиқ сотиб олиши учун қанча тўлаши кераклиги маълум. Футболчи маоши бироз камайишига рози бўлган  2 22:25"Нефтчи" ўртоқлик ўйинида Қирғистоннинг "Нефтчи" клубини ўта йирик ҳисобда ютди  9 22:01Мбемо "МЮ"да тиббий кўрикдан ўтди ва шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  3 21:35Расман: Тома Табатадзе "Бухоро" клубига ўтди!  15 21:07"Динамо" Беларусда ўтказилган назорат ўйинида маҳаллий жамоага ютқазди  1 20:35АПЛнинг икки клуби Коло-Муани билан шартнома имзоламоқчи  0 20:15Расман: Жаҳонгир Абдусаломов "Динамо" футболчисига айланди  3 19:49Сауль "Атлетико" билан шартномани бекор қилиб, турк клубига ўтади  0 19:34МЮ Жексоннинг агенти билан музокара ўтказди  2 18:50Петар Шегрт: “Лёв билан бўлган суҳбатимиз ОАВда тарқалиб кетишини истамайман. ЎФАдан бўлган таклиф ҳақида сўрамайман. Тожикистондан кетганимга сабаб…”  12 18:26Диалло "МЮ" ҳақида: "АПЛда кучли бешликка кирсак, мавсумни омадли деб ҳисобласа бўлади"  2

ECHL. Ronaldu effekti: "Yuventus" juda xotirjam "kambek" amalga oshirdi Yangiliklar

ECHL. Ronaldu effekti: "Yuventus" juda xotirjam "kambek" amalga oshirdi

ECHL nimchorak final javob bahsida turinliklar ajoyib o'yin ko'rsatgan holda chorak finalga yo'l oldi.

Yuventus – Atletiko 3:0

“Alyanc Stedium”

Gollar: 1:0 — 27 Ronaldu, 2:0 — 49 Ronaldu, 3:0 — 86, penalti Ronaldu.

Yuventus –  SHesni, Kanselu, Kellini, Bonuchchi, Spinaccola (Dibala, 67), Matyuidi, Pyanich, Jan, Bernardeski, Manjukich (Moyza Kin, 80), Ronaldu.

Atletiko – Oblak, Aryas (Vitolo, 77), Ximenes, Godin, Xuanfran, Rodri, Saul, Lemar (Korrea, 57), Koke, Grizmann, Morata.

Ogohlantirishlar: Bernardeski (64), Xuanfran (73).

Birinchi o'yin — 0:2.

Juventus

Cristiano Ronaldo - 27', Cristiano Ronaldo - 48', Cristiano Ronaldo - 86'

Champions League Final Stage . 1/8-tur

13/03/2019, 01:00

0
:
3
Tugadi

Atletico Madrid

Stadion: Allianz Stadium, 40884 tomoshabin

Bosh hakam: Bjorn Kuipers

45'
90'
27'  Cristiano Ronaldo
27'  Federico Bernardeschi
48'  Cristiano Ronaldo
48'  Joao Cancelo
64'  Federico Bernardeschi
67'  Leonardo Spinazzola (Paulo Dybala)
80'  Mario Mandzukic (Moise Kean)
86'  Cristiano Ronaldo
57'  Thomas Lemar (Angel Correa)
73'  Juanfran
77'  Santiago Arias (Vitolo)
86'  Jose Gimenez
90'  Vitolo



       Ronaldu vs "Atletiko" 3:0.

90. O'yinga 5 daqiqa qo'shib berildi. Hayajonli o'tayotgan bahsda super kambek ko'rishimizga oz qolmoqda. "VALIDOL TIME"ga xush kelibsiz :)

86. RONALDU! 3:0 Bugungi o'yin qahramoni. "Atletiko"ning asosiy "kushanda"si Krishtianuuuu Ronalduuuu!

85. PENALTI! Korrea Bernardeskini qo'pollik evaziga to'xtatib qoldi. Ronaldu to'p oldida.

82. Kin! Xavfli vaziyat! Uning zarbasiga biroz aniqlik etishmadi.

80. O'zgarish. Qolgan daqiqalarda Manjukich o'rnida Moyza Kin o'ynaydi.

77. O'zgarish. Arias o'rniga Vitolo tushdi. Himoyachi o'rniga hujumchi. Simeonedan o'ziga xos yurish. 

73. Xuanfran Ronalduga nisbatan keskin o'ynadi. "Yuventus"da standart vaziyat. 

72. Maydon markazida hukmronlik qilayotgan Matyuidi va unga qarshilik ko'rsatayotgan Ximenes. 

69. Ikkala jamoa ham to'pga egalik qilishda ko'plab xatolarga yo'l qo'ymoqda. Allianz Stadium yonmoqda. Bosim va atmosfera harorati o'ta yuqori.

67. O'zgarish. Himoyachi Spinaccola o'rniga hujumchi Dibala maydonga tushirildi. Allegri juda katta tavakkalga qo'l urdi. Mutaxassis bahs taqdirini asosiy vaqtning o'zida uzil-kesil hal qilib qo'yishga bel bog'lagan ko'rinadi. 

65. Ronaldu ikkinchi mazkur uchrashuvda ikkinchi golini kiritgan vaziyat.

64. Bernardeski ogohlantirildi.

62. ZARBA! "Atletiko" safida o'ynayotgan Korrea o'z omadini sinab ko'rdi. Muvaffaqiyatsiz urinish.

59. Vaziyat bartaraf etildi. Lekin, "Atletiko" biroz ishonchsiz ko'rinmoqda. Bir nima deb bo'lmaydi, ayni vaqtda bitta golning qadri suv va havodek juda ham baland! 

58. Jarima zarbasini Ronaldu tepishi mumkin. 

57. O'zgarish. Lemar o'rniga Korrea maydonga tushdi. 

55. Ronaldu ECHL pley-off bosqichida 77-uchrashuvini o'tkazmoqda va 76 marta golli vaziyatlarda ishtirok etdi — 62 gol, 14 assist.

49. GOOOOOOOOOOOOL! Ronalduuuuuuu 2:0. "Yuventus"ga muxlislik qilayotgani barchaning kayfiyati juda yuqori. 

46.  Ikkinchi taym ham tezda boshlanib ketdi. Jamoalar tarkibida o'zgarish bo'lmadi. 

Kambek ko'rishga tayyormisiz? 

Birinchi bo'limda "Yuventus"ni katta energiya sarf qilgani va natija bo'lganini ko'rdik. Ular yana bitta to'p kiritishsa, bahs ekstra-taymlarga qadar borishi mumkin.

 

Fakt. Rekord! Krishtianu Ronaldu UEFA CHempionlar Ligasida 125 ta gol urgan birinchi futbolchiga aylandi. SHu gollarning uchtasi UEFA Superkubogida urilganini aytish kerak.

45+2. Simeone jamoasi kuchli himoyalanmoqda. Ular qarshi hujumda "Yuventus"ga javoban Morataning boshi bilan bergan zarbasini keltirish mumkin. 

45. "Atletiko" hali ham ikki o'yin natijasiga ko'ra oldinda — 2:1. Hakam 1-bo'limga ikki daqiqa vaqt qo'shib berdi. 

43. Ronaldudan yana bir zarbaa! Noaniq! Turinliklar borgan sari bosimni oshirishmoqda. Bernardeski ham zarba berishga ulgurdi va burchak zarbasi. 

38. Bugungi uchrashuvda Manjukich va Morata singari hujumchilar sobiq jamoalariga qarshi o'ynashmoqda.

35. Ronaldu  "Real" safida "Atletiko"ga qarshi 32 uchrashuvda 22ta gol urgan. 

32. UXXX. Bernardeskining jarima zarbasidan yo'llagan zarbasiga biroz aniqlik etishmadi. 

GOOOOOOOOL! Uchrashuvning 27-daqiqasida "Yuventus" o'z maqsadiga erishdi. Golni Krishtianu Ronaldu urdi. Eslatib o'tamiz, dastlabki o'yinda 2:0 hisobida madridliklar zafar quchishgan. 


Reyting: +108   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика