ECHL. Prevyu: "Yuventus" "kambek" amalga oshirishni uddalaydimi?
12 mar 2019 13:52
Yangiliklar


ECHL. Prevyu: "Yuventus" "kambek" amalga oshirishni uddalaydimi?
Evropa chempionlar ligasi nimchorak final doirasidagi javob bahsida "Yuventus" Madridning "Atletiko" jamoasini mehmon qiladi. Ispaniyadagi bahsda Allegri boshqaruvidagi jamoa Simeone "armiya"si qarshligini enga olmay, 2:0 hisobida mag'lub bo'lgandi.
Atletico Madrid Jose Gimenez - 78', Diego Godin - 83' |
Champions League Final Stage . 1/8-tur 21/02/2019, 01:00 0
:
2
Tugadi
|
Juventus |
Stadion: Estadio Wanda Metropolitano, 67193 tomoshabin
Bosh hakam: Felix Zwayer
Evropa chempionlar ligasi tarixida ikki yoki undan ko'p to'p farqiga yutqazgan jamoalar ichida faqatgina 12 marotaba "kambek" amalga oshirilgan. Eng oxirgisi o'tgan hafta Parijda ruy berdi. MYU dastlabki o'yindagi 2 to'p farqini safarda yo'qqa chiqarishni uddasidan chiqqandi. "Yuventus" ham bugun xuddi shu ishni takrorlashga urinib ko'radi. Farqi, ular o'z uylarida o'ynashadi. Bu yaxshi jihat. Qiyin tarafi shuki, "Yuventus" MYU kabi o'z darvozasidan gol o'tkazib yuborishga haqqi yo'q. Aks holda vaziyat yanada qiyinlashadi va turinliklarni keyin faqatgina 3ta to'p farqidagi g'alaba qanoatlantiradi. CHunki qoidaga ko'ra, mehmonda urilgan gol qiymati hisob tenglashgan paytda mehmon jamoa tarozisi pallasiga og'adi.
"Atletiko" PSJ emaski, ular himoyada tartibsiz yoki qo'pol xatolarga yo'l qo'yadigan jamoa emas. Diego Simeone jamoasining eng kuchli va "quroli" aynan mudofaa chizig'i sanaladi. "Yuventus" bugun aynan shu mudofaaga qarshi "kalit" topishi shart. "Atletiko"ga kamida uchta gol urish uchun hujumda shunchaki fantastik o'ynash lozim. Aks holda jamoa ECHLdagi yurishini nimchorak finaldayoq to'xtatadi. SHuni unutmaslik kerakki, o'tgan haftadagi javob o'yinlari ECHLda barcha masala javob bellashuvining final xushtagi chalinmaguncha hal bo'lmasligini yana bir bor isbotladi.
"Yuventus"ning asosiy "quroli" Ronaldu bo'lishi shubhasiz. Barcha umid va imkoniyatlar portugaliyalik futbol afsungariga bog'liq deyilmoqda. Aynan uning tajribasi va "Atletiko"ni juda yaxshi tanishi qo'l kelishi mumkin. Lekin bir jihat borki, Ronaldu joriy mavsum ECHLda hozircha atigi bitta gol urgan. Krishtianu "Yuve" safida ECHLda hozircha ortiqcha shovqin ko'tara olmayapti. Bugun esa butun Turin aynan Ronalduning "shovqin" ko'tarishiga ishqiboz. SHuningdek, "Atletiko" mudofaa chizig'i ham Ronaldu bilan yaxshi tanish va uning imkoniyatlarini juda yaxshi chamalay olishlarini unutmaslik kerak. Kerakli malumotlardan qaysi taraf to'g'riroq foydalanishini esa vaqt ko'rsatadi.
Juventus Cristiano Ronaldo - 27', Cristiano Ronaldo - 48', Cristiano Ronaldo - 86' |
Champions League Final Stage . 1/8-tur 13/03/2019, 01:00 0
:
3
Tugadi
|
Atletico Madrid |
Stadion: Allianz Stadium, 40884 tomoshabin
Bosh hakam: Bjorn Kuipers
ECHL, nimchorak final. Javob o'yini.
"Yuventus" - "Atletiko" (0:2)
"Allianz stedium".
Bosh hakam: Born Kuypers (Gollandiya)
"Yuventus": SHHensni; Kaseres, Bonuchchi, Kellini; Bernardeski, Djan, Pyanich, Matyuydi, Kanselu; Mandjukich, Ronaldu
O'ynamaydi: Aleks Sandro (diskvalifikaciya), Xedira (jarohat), Bardzali (jarohat), De SHilo (jarohat), Duglas Kosta (jarohat)
Diskvalifikaciya xavfida turgan futbolchi: Matyuydi
"Atletiko": Oblak; Arias, Ximenes, Godin, Xuanfran; Koke, Rodrigo, Saul, Lemar; Grizmann, Morata
O'ynamaydi: Diego Kosta (diskvalifikaciya), Ernandes (jarohat), Tomas (diskvalifikaciya), Filipe Luis (jarohat)
Diskvalifikaciya xavfida turgan futbolchilar: Korrea, Filipe Luis, Ximenes, Grizmann
Murabbiylar nima deydi?
Massimo Allegri: "Biz o'z imkoniyatlarimizni ishga solishga ishonamiz. Har bir futbolchi o'zining eng yaxshi futbolini ko'rsatishi lozim. Kamida hakam xushtagi chalinganda boshni tik tutgancha maydonni tark etishimiz lozim. Aqlli o'yin qilishimiz va minimal xatoga ham yo'l qo'ymasligimiz talab etiladi. Bizni juda muhim va katta o'yin kutmoqda. Biz mazkur bahsga tayyormiz. Taktik sxema o'yin tizimiga juda katta tasir ko'rsatadi deb o'ylamayman. Biz imkon qadar vertikal va tezkor futbol ko'rsatishimiz talab qilinadi. Ronaldudek goleador futbolchiga ega ekanligimiz qo'shimcha imkoniyat taqdim etadi".
Diego Simeone: "Juda kuchli jamoalar to'qnashuvi. Raqib maydonchasidagi har bir kichik bo'shliqdan ham maksimum foydalanishimiz kerak bo'ladi. "Yuventus" dastlabki o'yinda bo'lgani kabi ko'p ham imkoniyat bermaydi. "Yuve"ning tarkibi juda kuchli, ijrochila mahorati yuqori. Nafaqat hujum chizig'i, balki himoya chizig'ida ham katta tajribaga ega futbolchilar bor. Biz ehtiyotkor bo'lishimiz darkor. Birinchi o'yin boshqa, javob bellashuvi umuman boshqa. Kichik detallar ham o'yin natijasiga bevosita tasir qilishi mumkin. SHu uchun ham futbol fantastik o'yin".
O’xshash yangiliklar

Fikrlar