ECHL. Dahshatli o'tgan o'yinda "Real"dan 90+2-daqiqada kambek, Xolandning dubli ham "Siti"ga yordam bermadi
12 fev 02:58
Yangiliklar


ECHL. Dahshatli o'tgan o'yinda "Real"dan 90+2-daqiqada kambek, Xolandning dubli ham "Siti"ga yordam bermadi
Manchester shahrida Chempionlar ligasining amaldagi g'olibi "Real Madrid" Gvardiola boshchiligidagi "Manchester Siti" mehmoni bo'ldi.
Manchester City Erling Haaland - 19', Erling Haaland - 80' |
Champions League Final Stage . 1/16-tur 12/02/2025, 01:00 3
:
2
Tugadi
|
Real Madrid Kylian Mbappe - 60', Brahim Diaz - 86', Jude Bellingham - 90' |
Stadion: Etihad Stadium, 52081 tomoshabin
Bosh hakam: Clement Turpin
ECHL, Pley off
11.02.2025
"Etixad stedium", Manchester
"Manchester Siti" - "Real" 2:3
Gollar: E.Xoland (Y.Gvardiol) 19, (pen.) 80 - K.Mbappe (D.Sebalos) 60, B.Dias 86, J.Bellingem (V.Junior) 90+2
Bosh hakam: Kleman Tyurpen
"Manchester Siti": 31.Ederson Moraes; 3.Ruben Diash, 5.Jon Stounz, 6.Natan Ake (8.Mateo Kovachich, 61), 24.Yoshko Gvardiol, 25.Manuel Akanji (82.Riko Lyuis, 46), 10.Jek Grilish (47.Fil Foden, 30), 17.Kevin De Bryuyne (19.Ilkay Gyundogan, 84), 20.Bernardu Silva, 26.Savino (7.Omar Marmush, 84), 9.Erling Xoland.
Zaxira: 18.Shtefan Ortega, 11.Jeremi Doku, 14.Niko Gonsales, 27.Mateus Nunes, 45.Abduqodir Husanov, 75.Niko Orayli, 87.Jeyms Makati.
"Real": 1.Tibo Kurtua; 8.Federiko Valverde, 35.Raul Asensio, 14.Orelen Tchuameni, 23.Ferlan Mendi, 6.Eduardo Kamavinga, 19.Dani Sebalos (10.Luka Modrich, 81), 11.Rodrigo (21.Braim Dias, 84), 5.Jud Bellingem, 7.Vinisius Junior, 9.Kilian Mbappe (20.Fran Garsiya, 90+1).
Zaxira: 13.Andrey Lunin, 15.Arda Guler, 16.Endrik, 18.Valexo, 30.Gonsalo, 31.Jaykobo Ramon, 36.Chema, 39.Lorenco Aguado.
Uchrashuv yakunlandi. "Real"dan chiroyli kambek.
90+2 - GOOOLLL! Jud Bellingem madridliklarga g'alabani olib bermoqda. Vinisiusdan assist. Kovachich va Lyuisning xatolari qimmatga tushdi mezbonlarga.
Asosiy vaqtga 3 daqiqa qo'shib berildi.
86 - GOOOLLL! Hozirgina zaxiradan tushgan Braim Dias hisobni tenglashtirmoqda - 2:2. Vinining zarbasini Ederson qaytardi, qaytgan to'pni esa Dias darvozaga joyladi.
84 - De Bryuyne va Savino o'rniga maydonga Gyundogan va Marmush tushdi. Demak, bugun Husanovni maydonda ko'rmaymiz.
80 - GOOOLLL! Erling Xoland penaltini aniq amalga oshirdi va dubl! "Shaharliklar" hisobda oldinga chiqib olishdi.
77 - Penalti, "Real" darvozasiga. Fodenni jarima maydonchasi ichida Sebalos yiqitdi. Xoland to'p yonida.
75 - Xoland va Asensio kelisholmay qoldi maydonda, ular o'rtasida kuchlar teng emas lekin.
66 - Zarbaaa, Ederson Bellingemning zarbasidan keyin jamoasini muqarrar goldan qutqarib qoldi.
Mbappe g'alati zarbasi bilan hisobni tenglashtirgan epizod.
63 - Valverdening kuchli zarbasi salgina noaniq ketdi.
60 - GOOOLLL! Kilian Mbappedan g'alati va chiroyli gol - 1:1. Sebalosdan nozik pas.
57 - Lyuis to'pni Vinining oyog'idan ilib oldi.
55 - Zarbaaa, Rodrigoning chiroyli harakatlaridan keyin Mbappe aniq zarba berdi, Edersondan chiroyli seyv.
53 - Vini Lyuisdan qochib to'pni Judga uzatdi, Bellingemning bosh bilan bergan zarbasi sal noaniq.
46 - Zarbaaa, Xolandning kuchli zarbasini darvoza ustuni qaytardi. Ikkinchi 45 daqiqalik ham zo'r boshlandi.
Ikkinchi bo'lim boshlandi.
Abduqodir Husanov kiyinish xonasidan zaxira o'rindig'iga egnida kurtka bilan chiqib ketdi. Demak, hozircha tushmaydi. O'ng qanot himoyaga 2-bo'lim avvalida Akanji o'rniga Riko Lyuis tushdi.
Ajoyib o'tgan 1-bo'lim tugadi, tanaffus.
45+4 - Mbappening bu safargi zarbasi noaniq. "Real" bo'limni yuqori tempda tugatib qo'ymoqda.
45+2 - Mbappening zarbasi Akening oyog'iga tegib maydon tashqarisiga chiqib ketdi.
Xoland gol urgan epizod.
43 - Valverdening juda kuchli zarbasiga biroz aniqlik etishmadi.
42 - Akening xatosidan keyin Real qarshi hujumda xavf yaratdi.
37 - Zarbaaa, burchakdan keyin Akanjining bosh bilan bergan zarbasi darvoza to'siniga tegib tashqariga chiqib ketdi.
36 - Endi Xolandning kuchli zarbasini Raul Asensio qaytarib yubordi.
35 - Zarbaaa, Fodenning jarima maydoni tashqarisidan yo'llagan kuchli va aniq zarbasini Kurtua qaytarib qoldi.
30 - Gol payti zargarona pas ijro etgan Grilish o'zini yomon his etmoqda, shifokorlar tushishdi va u almashtiriladi. Maydonga Fil Foden tushdi.
29 - Sebalosning zarbasi noaniq.
25 - Zarbaaa, Vinisiusning zarbasi darvoza to'siniga tegdi. Uhh, temp dahshatli darajada.
Gol inobatga olindi, mezbonlar oldinga chiqib olishdi.
Bu ECHLmi yoki o'zimizni Superligami)) 2 daqiqaadan beri VARni eshitadi bosh hakam)
19 - GOOOLLL! Erling Xoland hisobni ochmoqda, Gvardioldan assist, Grilishdan esa Yoshkoga zargarona pas - 1:0. Grilish xuddi shunday pasni Angliya kubogida De Bryuynega uzatib bergan edi.
15 - Savinoning zarbasi ancha noaniq.
13 - Vinisius birga bir chiqib ketishi mumkin edi, Ake va Akanji uri o'rtaga olib zararsizlantirishdi.
12 - Zarbaaa, "Real" nimalar qildi 1 daqiqa ichida... Ferlan Mendining yaqindan bergan aniq zarbasini Ake qaytarib yubordi. Madridliklar tempni keskin oshirib yuborishdi.
11 - Zarbaaa, Vini Ruben diashni osongina aldab Mbappega oyog'ining tashqi tomoni bilan pas berdi, Kilianning zarbasini Ederson qaytardi.
9 - Bir qarashda Vinisius birga bir chiqib ketdi va Ederson uni chaldi, lekin ofsayd ekan. Penalti ham yo'q.
8 - Mbappe Diashdan qochib ketishi mumkin bo'lgan epizodda Ederson to'pga yugurib chiqdi va xavfni bartaraf etdi.
"Man Siti" muxlislari Vinisiusga atab tayyorlagan banner.
3 - De Bryuynening jarimadan tepgan to'pini Valverde maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.
Uchrashuv start oldi, kettik.
- Bugun Gvardiola 4-3-3 sxemasi bilan boshlaydi o'yinni.
- ECHL gimni futbol olamidagi eng zo'r gimn bo'lsa kerak. Etlarni junjiktirib yuboradi.
- Jamoalar maydonga tushib kelishdi, bizni qaynoq 90 daqiqa kutmoqda.
- "Etixad stedium"da muhit super.
- Bugun Jon Stounz tayanch yarim himoyasida o'ynaydi, Akanji esa o'ng qanot himoyada.
Ueyn Runi, Klarens Zedorf va Daniel Starrij kabi yaqin o'tmishning yulduzlari bellashuvdan 1 soat oldin efirga chiqishgan palla.
"Etixad stedium" tashqarisida muxlislar tanovul qilib olishlari uchun mo'ljallangan joy.
- Assalom alaykum qadrli futbol ishqibozlari! Birozdan so'ng ECHL pley-off o'yinlarining markaziysi start oladi. "Manchester Siti" - "Real" to'qnashuvini finaldan oldingi finalga qiyoslasak ham bo'ladi, nazarimizda.
O’xshash yangiliklar
