So’nggi yangiliklar

02:00Бундеслига. "Бавария" марказий ўйинда "Байер"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  1 01:32Саудия Арабистони чемпионати. Роналду 90+15 дақиқада пенальтидан гол уриб, жамоасига ғалаба тақдим этди  5 01:15АПЛ. "Тоттенхэм" ва "Челси" ўртасидаги Лондон дербиси тақдирини биттагина гол ҳал қилди  3 23:53Лига 1. ПСЖ 90+5 дақиқада урилган гол эвазига "Ницца"ни мағлуб этди  0 22:14Ла Лига. "Атлетико" ўз уйида "Севилья"ни йирик ҳисобда таслим этди  1 22:00АПЛ. "Арсенал" меҳмонда ғалабага эришди, МЮ эса қийинчилик билан дуранг қайд этди  13 21:48Максим Шацких: "Футболчиларимиз учун хурсандман, жамоам кўрсатган ўйин менга ёқди"  7 21:36Исломбек Исмоилов 5 нафар Осиё чемпионини Жаҳон чемпионатига олиб кетмади  10 21:25Суперлига. "Андижон" - "Бухоро" 1:1  0 20:53Александр Хомяков: "Андижон мен учун қадрдон шаҳар, лекин бу ерга ютиш учун келгандик"  12 20:27Ширер "Ливерпул"ни танқид қилди  5 19:34"Женоа" Патрик Вийера билан хайрлашди  0 18:58Суперлига. "Андижон" ўз уйида "Бухоро" билан дуранг ўйнади  38 18:437 та гол "Шўртан" - ОКМК ўйинидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 18:15"Барселона" футболчиси клуб билан шартномани узайтиришга рози  1

ECHL. CHalxano'g'luning goli "Inter"ga "Barselona" ustidan g'alabani tortiq qildi Yangiliklar

ECHL. CHalxano'g'luning goli "Inter"ga "Barselona" ustidan g'alabani tortiq qildi

Evropa chempionlar ligasi 3-turidan o'rin olgan markaziy uchrashuvlardan biri yakunlandi.

Inter – Barselona 1:0

4 oktyabr, 23.59, «Juzeppe Meacca (San-Siro)»

Gol: 1:0 – 45 CHalxanoglu.

Inter – Onana, Darmian (Gozens, 77), de Vrey (Acherbi, 77), SHkrinyar, Bastoni, Dimarko (Dumfris, 76), Mxitaryan, CHalxanoglu (Aslani, 85), Barella, Korrea (Djeko, 57), Martines.

Barselona – ter Stegen, Serdji Roberto, Kristensen (Pike, 58), Erik Garsiya, Alonso (Balde, 64), Buskets, Pedri, Gavi (Kessie, 83), Levandovski, Dembele, Rafinya (Fati, 64).

Ogohlantirishlar: Barella (22), Buskets (60), Xavi (68), CHalxanoglu (70), Martines (76), Gavi (76), Indzagi (80), Bastoni (88), Onana (90).


MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

UCHRASHUV YAKUNLANDI!

90+5. "Barselona" bosimni oshirmoqda.

Hakam VARga murojaat qildi va "Inter" darvozasiga penalti belgilamadi.

90. Ikkinchi bo'limga 8 daqiqa qo'shib berildi.
88. "Barsa"da qulay imkoniyat yuzaga keldi. Dembelening uzatmasidan so'ng Buskets zarba yo'lladi, noaniq.

83. Xavi Gavini zaxiraga oldi, Kessie maydonga tushirildi.

80. Pikening ham foydasi tegdi. Ispan himoyachisi raqib hujumini bartaraf etdi.

76. Hakam Gavi va Lautaro maydon janjalxona emasligini eslatib qo'ydi.

73. Erik Garsiya jamoani muqarrar goldan qutqardi, aks holda Lautaro raqib posboni bilan birga-bir vaziyatga chiqib ketardi.

70. CHalxanoglu bugun hamma narsani qo'lga kiritmoqchi. Sariq kartochka olishga ulgurdi, endi qizil qoldiyov.

67. GOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLL!!! Pedri Onaning xatosidan so'ng bo'sh qolgan darvozani ishg'ol qildi. Fati qo'l bilan o'ynagani uchun hisobga olinmadi.

64. Balde Alonsoni, Fati esa Rafinyani almashtirdi.

61. Dembelening kuchli zarbasini Onana bartaraf etdi. Hammagayammas kamerunlik darvozabonni dog'da qoldirish.

60. Buskets Lautaroni yugurib charchashiga yo'l qo'ymadi g'amda uni turgan joyida "o'tqazib qo'ydi", oqibatda hakam tomonidan taqdirlandi.

58. Kristensen jarohat olib, maydonni tark etdi, Pike uning o'rniga tushirildi.

56. Jeko Korrea o'rniga maydonga tushdi.

56. CHalxanog'lu yana zarba beraman deb chalg'idi, chayqaldi va chalqancha yiqildi.

53. Barella biroz avval uni yiqitishganiga javob qaytardi.

51. Lautaroni raqib futbolchisi quchoqlab, yaqin do'sti kabi bag'riga bosib oldi. Argentinalik hujumchi esa hujum buzilganidan jig'ibiyron bo'ldi.

49. "Inter"ning ikki futbolchisi to'p ketidan "chang'i uchdi", biroq ikkalasiyam unga etolmadi.

46. Mezbonlar tezkor hujumlar bilan taymni boshladi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Yuz-qo'lingizni yuvib oling, ikkinchi bo'lim start olmoqda.

Birinchi bo'lim yakunlandi.

45+2. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLL!!! CHalxanog'lu 20 metrlar masofadan darvozaning uzoq burchagiga aniq zarba yo'llab, hisobni ochdi.


45. Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.

39. Lautaro sherigining uzatmasiga etishi uchun unga narvon kerak bo'lardi.

36. Dastlab "Barsa", so'ngra "Inter" hujum tashkillashtirdi, ikkalasiyam ko'ngildagidek chiqmadi.

32. Barellaga nisbatan qoida buzildi.

28. Korrea gol urib olsin deya yon hakam indamay turdi, keyin esa hazillashdim degandek bayroqchasini darhol hilpiratdi.

27. Onana darvozasi yonida jamoa muxlislarini yurak hovuchlashga majbur etib, raqib futbolchisini aldadi.

24. Lautaro ofsaydda edi, aks holda "Barselona" darvozasiga penalti belgilanardi.

22. "Inter" futbolchilari penalti so'ramoqda. To'p Erik Garsiyaning qo'liga tegdi.

21. Lautaro o'zidan uchta keladigan balandlikka bosh bilan zarba yo'lladi.

20. Pedri "Inter" futbolchilariga gol uchun to'lanadigan mukofot pulidan mahrum etdi.

18. Levandovski zarbasining tezligi uning 70 yoshida yo'llaydigan tezligi kabi ko'rinish oldi.

14. Onana O'zbekiston terma jamoasidan gol o'tkazib yuborishi mumkin, lekin "Barselona"dan osonlikcha to'p o'tkazmaydi.

12. Alonso burchakdan uzatmaga bosh qo'ydi, zarba esa zarbaga o'xshamadi.

7. CHalxanoglu chamasi 30 metrlardan ter Stegenning o'yinga tayyorgarligini sinab ko'rdi.

4. Onana maydon chetidagi Xaviga pas berdi, ispaniyalik murabbiy esa raqib posbonining bu harakati uchun uni olqishladi.

2. Dembele burchakdagi bayroqchani bezovta qiladigan bo'ldi. Standart vaziyat.

1. Uchrashuvni "Barselona" boshlab berdi.

1 daqiqa sukut saqlanmoqda...


Jamoalar maydonga tushib keldi.

Assalomu alaykum, uyqu bilan jang qilayotgan futbol ishqibozlari! Ushbu jangda sizga g'alaba tilaymiz, sababi Milan shahrida undan-da dahshatliroq to'qnashuv bizni kutib turibdi. SHu bois, shirin tushlar mamlakatiga safaringizni biroz kechiktirishingizga to'g'ri keladi.

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика