So’nggi yangiliklar

02:57Ла Лига. Мбаппе ва Родригонинг голи "Реал"га меҳмонда "Алавес" устидан ғалабани тақдим этди  19 02:37А Серия. "Ювентус" меҳмонда "Болонья" устидан минимал ғалабага эришди  3 02:18Бутун дуне асабига ўйнаган вазир ёҳуд Мессининг Хиндистондаги "дўсти"  3 00:28Туркия Суперлигаси. Шомуродов тўпурарлик пойгасида етакчи бўлиб олди  6 00:06А Серия. "Интер" меҳмонда ғалабага эришди  1 23:58Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди  45 23:49Бундеслига. "Бавария" ва "Боруссия" рақибларини мағлуб эта олмади  1 23:05Хосеп Гвардиола АПЛда Алекс Фергюсоннинг рекордини янгилади  1 22:38"Тоттенхэм” испаниялик футболчи учун 70 млн евро таклиф қилди  0 22:10Саудия Арабистони шаҳзодаси "Барселона"ни сотиб олиши мумкин  21 21:39А Серия. "Наполи" меҳмонда "Удинезе"га мағлуб бўлди  1 21:09АПЛ. "Ман Сити" йирик ғалабага эришди, Ҳусанов захирада қолдирилди, "Тоттенхэм"да эса йирик ҳисобда мағлуб бўлди  37 20:10Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Трактор" ғалабага эришди, Ўрунов ва Ҳамробеков майдонда ҳаракат қилишди  1 19:31Ўзбекистонлик ҳакамлар “SEA Games Thailand 2025” мусобақасида фаолиятини давом эттиради  2 19:04А Серия. "Милан" 77-дақиқада тўп ўтказиб юборган ҳолда, ўз уйида "Сассуоло"ни мағлуб этолмади  8

ECHL finali qahramoni haqida 15 ta fakt. Tanishing, Dezire Due (mutolaa uchun) Yangiliklar

ECHL finali qahramoni haqida 15 ta fakt. Tanishing, Dezire Due (mutolaa uchun)

Teglar :  PSJDezire Due
Dezire Due - nihoyat Chempionlar Ligasini zabt etgan PSJning asosiy qahramonlaridan biri.

19 yoshli vinger Bredli Barkolyani asosiy tarkibdan siqib chiqardi va "Inter"ga qarshi o'yinni asosiy tarkibda boshladi. Due ishonch uchun darhol murabbiy Luis Enrikega minnatdorchilik bildirdi: 12-daqiqada Ashraf Hakimiga mohirlik bilan golli uzatmani amalga oshirdi.

Sakkiz daqiqadan so'ng esa o'zi gol urdi va Kilian Mbappe uslubida nishonladi.

Stop. Bu hali hammasi emas: 63-daqiqada PSJ hujumga o'tdi, Vitinya chiroyli yurishdan so'ng Dezireni golli vaziyatga chiqardi - u zarba berdi. 3:0!

Due futbolkasini echdi, sariq oldi, lekin nima farqi bor? Faqat Enrike asabiylashdi - bunday muhim goldan keyinoq uni almashtirdi.

Dezire Due - final qahramoni. Uch yil oldin u haqda hech kim eshitmagan edi.

Parijga uzoq kutilgan sovrinni olib kelgan yosh istedod haqida yana 15 ta fakt.




1. Dezire Anjerda tug'ilgan. Uning onasi Franciyadan, otasi Kot-d'Ivuardan, u o'g'liga kamtarlik va sabr-toqatni o'rgatdi. Due har doim Franciya terma jamoasida o'ynashni orzu qilgan, chunki u o'sha erda o'sgan.

2. Due - sportchilar oilasidan: akasi Gela ham Dezire kabi "Renn" akademiyasidan chiqqan, "Strasbur"da o'ynaydi, chap qanot himoyachisi. Amakivachchasi Yann Gboo "Tuluza"da o'ynaydi, u ham professional faoliyatini "Renn"da boshlagan. Numandez Due amakisi Kot-d'Ivuarda futbol hakami. Mark-Olive Duening amakivachchasi "Ponferradina" (Ispaniyaning uchinchi ligasi) jamoasida o'ynaydi.

3. Deziraning otasi - sobiq bokschi. Dezire undan ko'nikmalarni o'rgandi: 17 yoshida u bemalol kattalar darajasida "korpus" qo'ya olardi. Kuchli tana maydonda jismoniy kurashda yordam beradi. U taranli driblingga qodir - g'alaba qozonish emas, balki raqiblarni yorib o'tish.




4. Akasi Gelani alohida takidlash joiz: "U menga egizak akamdek. Biz doim bir-birimizni egizaklar deb o'ylardik, - dedi Dezire. - Bu muhim bog'liqlik, biz bir-birimizga ko'p narsalarni gapiramiz. Yo'q, biz bir-birimizga hamma narsani aytamiz. U menga har kuni yordam beradi, to'g'risi. Uning qo'llab-quvvatlashi juda muhim.

5. Dezirening aniq kumirlari bor: "Neymar va Lionel Messiga havas qilardi. Ular karerasining cho'qqisida edi va men o'smir bo'lganimda maydonda "yondirishardi". Ulardan ilhom olardim. Ular meni orzu qilishga majbur qilishardi."

6. Due "Renn" akademiyasiga besh yoshida borgn, o'n yoshdan keyin esa o'rinbosarlar jamoasidan o'rin olgan. Istedodlarni shakllantirayotgan francuzlar uchun o'smir Dezirening o'yini kashfiyot bo'ldi: "Ular meni ijodkor o'yinchi deb aytishdi. Men tez-tez to'pni ushlab turardim va meni urishardilar. Hozir tushundimki, murabbiy meni xafa qilmoqchi emasdi. Menga har doim to'g'ri maslahatlar berishardi."




7. Lekin Dezirening ishlari doim ham yaxshi ketmasdi. 11 yoshida akademiyani tark etishni o'ylagan, chunki murabbiy undan himoyaga etibor qaratishni so'ragan. "U futbol o'ynashni xohlamasdi," - dedi otasi bir yarim yil oldin. Yaxshiyamki, yigitni ko'ndirishdi.

8. Due 17 yoshida "Renn"ning asosiy jamoasiga qo'shildi. 2022 yilning yozida murabbiy Bruno Jenezio yigitni "Loryan"ga qarshi o'yinda maydonga tushirdi va uchta o'yindan so'ng Dezire kattalar futbolidagi ilk golini urdi - "Brest" darvozasi ishg'ol qilindi.

9. Duening parvozi 2022 yil oktyabr oyida davom etdi: 17 yosh, 4 oy va 3 kunligida u evrokuboklardagi ilk golini Kievning "Dinamo" klubiga qarshi o'yinda urdi va Evropa klublari turnirlari tarixida gol urgan eng yosh francuzga aylandi.

10. Duening istedodini birinchi bo'lib Jenezio tan olgan bo'lsa-da, bazan ular bahslashardilar. Murabbiy vingerni "vaziyatni haddan tashqari murakkablashtirgani" uchun koyidi. 2023 yil aprel oyida esa Bruno "Lion" bilan o'yinda hatto 17-daqiqada almashtirildi. Va keskin gapirdi: "Dezire jamoaga yordam berishi kerak. Faqat fintlar haqida o'ylamaslik kerak."

11. Dezire darhol ulg'aydi: keyingi mavsumda u ko'p o'ynadi, tez orada Jenezo o'rniga Jyulen Stefan tayinlandi. Yangi murabbiy Duega yanada ko'proq ishondi.

12. Due "Renn"da shunchalik porladiki, 2024 yilning yozida uning uchun "Bavariya" va PSJ kurash olib bordi. Vensan Kompani Dezirega qo'ng'iroq qilgan, myunxenliklarning boshqa xodimlari esa uning oilasi bilan aloqada bo'lgan. Mish-mishlar bir necha hafta davomida har kuni yangilanib turdi. Due o'sha paytda Olimpiadada Franciya terma jamoasi safida o'ynagan va faqat finalda mag'lub bo'lganidan keyingina qaror qabul qilgan - PSJ.




13. Aynan Dezire hal qilardi. "Renn" ikki klubning yakuniy summalariga rozi bo'ldi va ikkinchi o'ringa tushib qoldi. Duening so'zlariga ko'ra, u yosh bo'lishiga qaramay, doimiy ravishda PSJda o'ynaydigan franciyalik Uorren Zair-Emeri va Bredli Barkolyadan hayratda qolgan. Tanlov to'g'ri bo'lib chiqdi.

14. Duening 14-raqamni olganligi bejiz emas - Blez Matyuidi sharafiga: "Fidoyilik borasida unga tenglashardim. Mening kumirlarimdan biri." Due zaxiradan tushishni boshladi va tez orada Enrikega yoqib qoldi va Barkolyani asosiy tarkibadn chiqarib yubordi. Uning aytishicha, o'z rivojlanishidan hayratda va shokda.

15. Bu mavsumda Due PSJ safida barcha musobaqalarda 15+16 ko'rsatkich qayd etdi - Chempionlar Ligasi finalida esa ikkita gol urdi. U 19 yosh, 11 oy va 28 kunligida Evropa chempionlar ligasi finalida gol urdi - Evropaning asosiy klublar turnirining hal qiluvchi o'yinida gol mualliflari orasida faqat Karlos Alberto ("Portu") va Patrik Klyuyvert ("Ayaks") yoshroq.




Bonus: Dezirening ismi francuzchadan so'zma-so'z tarjima qilinganda "istak," Duening familiyasi esa "istedodli" degan manoni anglatadi.

Bunday ism familiya bilan qanday qilib porlamaslik mumkin?

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика