So’nggi yangiliklar

12:35Ўмон терма жамоаси CAFA турнири учун таркибини эълон қилди  0 12:08Собиқ ҳакам: "Мбаппе билан боғлиқ вазиятда пенальти йўқ эди"  4 11:36"Навбаҳор" охирги маротаба Ғузорда қачон ғалаба қозонган?  1 10:50Гвардиола келажаги ҳақида фикр билдирди  3 10:21ПСЖ ва "Атлетико" япониялик футболчи учун курашмоқда  1 09:52"Тоттенхэм" Англия терма жамоаси аъзосининг транферини якунлади  3 09:23Моуринью нима учун ўзини дунёнинг энг яхши мураббийларидан бири деб билишини тушунтирди  11 08:54"Ньюкасл" Исак бўйича расмий баёнот берди  1 08:25Муҳаммад Салоҳ тарихий натижа қайд этди  4 07:56ЦСКА тасдиқлади  11 07:27Суперлига. Бугун 20-турга старт берилади  6 02:13ЕЧЛ. "Қорабоғ", "Пафос" ва "Брюгге" саралашнинг сўнгги босқичидаги илк баҳсларни ўз фойдаларига ҳал қилишди  1 02:02Ла Лига. Мбаппенинг пенальтидан киритган голи "Реал Мадрид"га илк турдаги ғалабани тақдим этди  69 02:00Муҳаммад Салоҳ Англия профессионал футболчилар уюшмаси талқинига кўра АПЛнинг энг яхши футболчиси деб топилди  6 01:54Англия профессионал футболчилар уюшмаси АПЛ рамзий терма жамоасини эълон қилди  2

Dragan Skochich: "Bizning hujumchilarimiz ancha tezkor va xavfli" Yangiliklar

Dragan Skochich: "Bizning hujumchilarimiz ancha tezkor va xavfli"

OCHL "C" guruhi 2-turidan o'rin olgan "Lokomotiv" - "Fulad" uchrashuvi oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanining birinchi qismida "Fulad" bosh murabbiyi Dragan Skochich va futbolchi Leonard Misarich ishtirok etishdi.
- Dastlabki turdan keyin guruhdagi holat borasida gapirib o'tsangiz?
- Birinchi turdan so'ng biror aniq fikr bildirish qiyin. Guruhda kuchli va yuqori darajadagi jamoalar yig'ilishgan. Musobaqa endi boshlandi va hamma kurash oldinda. Raqiblarimizning dastlabki uchrashuvi o'yinga mos tarzda kechmadi. "Lokomotiv" o'yin debyutida biroz bo'shashdi va gollar o'tkazib yubordi. Ammo "temiryo'lchilar" uchrashuvni yaxshi o'tkazishdi deya olaman.

- Jamoa so'nggi o'yinlarda g'alaba qozona olmayapti. Bu nima bilan bog'liq?
- Mavsum boshida bunaqangi holatlar yuz berib turadi. Avvalgi 3 oyda biz mag'lubiyat nimaligini bilmaganmiz. Oxirgi uchta o'yinning natijasi muhim ahamiyat kasb etmaydi va biz bunga etibor qaratmaymiz.

- Ertaga "Fulad" o'z darvozasini quruq saqlay oladimi? CHunki "Lokomotiv" safidagi hujumchilar ancha tezkor va jamoa ham shunga mos hujumkor o'ynaydi.
- Men boshqacha aytgan bo'lardim, "Lokomotiv" o'z darvozasini munosib himoya eta oladimi? CHunki bizning hujumchilarimiz ham kerakligicha tezkor va xavfli o'ynashadi.

- "Fulad" jamoasi OCHLning safargi o'yinlarida jami bir marotaba g'alaba qozongan. Bu haqida nima deya olasiz?
- "Fulad"ni u paytda turli murabbiylar boshqarishgan va futbolchilar ham boshqa bo'lgan. SHu bois avvalgi natijalarimiz hozir muhim emas.


Leonard Misarich
: Osiyo chempionlar ligasi jiddiy va qiyin turnir. Ertangi o'yinga o'z rejamiz bor va g'alaba uchun maydonga tushamiz. Jamoamizning kuchiga ishongan holda shuni aytishim mumkinki, safardan kerakli natija bilan qayta olamiz. Maydon bilan tanishib chiqdim. Sifati qoniqarli darajada ekan.  Ertaga chiroyli va tomoshabop futbol ko'ramiz deb o'ylayman.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика