So’nggi yangiliklar

11:47Мбаппе мамлакатини ўзгартириши мумкин: Жазоир юлдузни жалб қилишга тайёр  0 11:19Бир ўйин тарихи. Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Жаҳон чемпионатида Хорватияни қандай енгганди?  3 11:15Қайтиш яқинми? Клопп дунёнинг энг кучли жамоаларидан бирини бошқариши мумкин  1 10:50Евро-2028. Очилиш ва финал учрашувларига мезбонлик қиладиган стадионлар маълум  3 10:24Флик Мессини "Барселона"га қайтишига қарши  2 09:56"Реал"нинг асосий футболчиларидан бири терма жамоаси сафида жароҳат олди  0 09:28VI Ислом Бирдамлик ўйинларида бронза медалини қўлга киритган футзал терма жамоамиз тантанали тарзда кутиб олинди  0 08:59МЮ қишда ярим ҳимоячи сотиб олмоқчи. Жамоа иккита футболчидан бирини танлайди  0 08:31Месси яна бир мундиалда ғалаба қозониш ёки "Олтин тўп"ни қўлга киритиш ўртасида танлов қилди  6 08:03МЮ "бразилиялик Холанд"га қизиқиш билдирмоқда  0 07:37Аморим: "У мен учун ҳақиқий намуна"  0 00:58"Атлетико" Симеоненинг ўғли билан шартномани узайтиришга яқин турибди  0 00:16Родриго Лондон клубига ўтадими?  2 23:10"Манчестер Юнайтед" Кеннет Айхгорнга қизиқиш билдирмоқда  1 22:25"Ливерпуль" ва "Ювентус" "Бавария" форварди учун курашмоқда  3

Dragan CHeran, O'tkir Yusupov yoxud 2021 yilda o'z jamoasining eng yaxshisi bo'lgan 14 futbolchi (1-qism) Yangiliklar

Dragan CHeran, O'tkir Yusupov yoxud 2021 yilda o'z jamoasining eng yaxshisi bo'lgan 14 futbolchi (1-qism)

2021 yil o'z nihoyasiga etib bormoqda. Yangi yil kirib kelishiga esa bir necha daqiqalar qoldi.

Bayram arafasida siz azizlarni zeriktirib qo'ymaslik maqsadida yana bir maqolani etiboringizga havola qilishni lozim topdik. Quyida 2021 yilda o'z jamoasining eng yaxshi futbolchisi bo'lganlarning  keltirib o'tamiz. Albatta bu bizning fikrimiz. Har kimning qarashi turlicha. 

"Paxtakor": Dragan CHeran

2021 yildagi statistikasi: 23ta o'yin, 16ta gol, 4ta assist

Sovrinlari: O'zbekiston Superkubogi g'olibi, Superligada chempionlik, 2021 yilgi Superliga ramziy terma jamoasidan joy oldi 

Buni qarangki 2021 yilda ham Dragan CHeran avvalgi mavsumlarda bo'lgani kabi jamoasining etakchisi bo'la oldi. Superligada esa qatorasiga uchinchi bor to'purarlik hislatini namoyish qildi. Serbiyalik futbolchi "Paxtakor"ning muhim figuralaridan biri hisoblanadi. Jamoa o'yini aynan uning atrofida quriladi, desak mubolag'a bo'lmaydi. U maydonga tushmagan aksariyat o'yinlarda jamoasi mag'lubiyatga uchradi. O'zbekiston kubogi finali bunga yaqqol misol, deya olamiz. 

Davogarlar: Farrux Sayfiev, Xojimat Erkinov

"So'g'diyona": SHoxruz Norxonov 

2021 yildagi statistikasi: 25ta o'yin, 10ta gol, 3ta assist

Sovrinlari: Superligada kumush medal sohibi, 2021 yilgi Superliga ramziy terma jamoasiga kiritildi

Mavsum davomida Ulug'bek Baqoev murabbiyligidagi "So'g'diyona" jamoasining namoyish qilgan o'yini ko'p tanqidga uchradi. Lekin yakunda uning shogirdlari  barchaga buning noto'g'ri ekanligini kumush medal bilan isbotlay olishdi. Bu yil jizzaxliklar ko'p gol urishmadi, asosiy etiborni natijaga qaratishdi. Jamoaning Superligadagi 28ta golidan 10tasiga xujumchi SHohruz Norxonov mualliflik qildi. SHuningdek 3ta golga assistentlikni amalga oshirdi. Demak "So'g'diyona"ning 2021 yildagi eng yaxshi futbolchisi SHoxruz Norxonov.

Davogarlar: Milan Mitrovich, Luka CHermel


AGMK: Sanjar Tursunov

2021 yildagi statistikasi: 25ta o'yin, 5ta gol, 1ta assist

Sovrinlari: Superligada bronza medel sohibi, yil ramziy terma jamoasi azosi

Gapning ochig'i AGMK jamoasida aynan 2021 yilda hech kim ajralib turgani yo'q. Mirjalol Qosimov qo'l ostida ikkita teng kuchli tarkib shakllangan. Jamoada barcha bir-birini o'rnini to'ldirishga qodir. SHunga qaramay nisbatan nomzod sifatida Sanjar Tursunovni tanladik. Maydon markazida etakchilikni qo'liga olgan, xujumlarni boshlashda faollik ko'rsatgan yarim himoyachi yil yakunidagi taqdirlash marosimida joriy yilning ramziy terma jamoasiga jalb qilindi. Statistikasi esa yuqorida ko'rsatilgan. 

Davogarlar: yo'q

"Nasaf": Xusayn Norchaev

2021 yildagi statistikasi: 26ta o'yin, 13ta gol, 2ta assist 

Sovrinlari: O'zbekiston kubogi sohibi, Superliganing eng yaxshi futbolchisi, "yosh yulduz" sovrini, OFK kubogi to'purari

So'zsiz "Nasaf"ning o'tgan mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi Xusayin Norchaev bo'ldi. Bunga esa tepada keltirilgan faktlarning o'zi etarli, deb bilamiz. 2020 yilda katta futbolda debyut qilgan xujumchi oradan bir yil o'tib shunday katta yutuqlarga erishdi. O'ylaymizki, u bu bilan to'xtab qolmaydi va o'sishda davom etadi. 

Davogarlar: Marko Stanoevich, SHerzod Nasrullaev

"Bunyodkor": Xurshid G'iyosov

2021 yildagi statistikasi: 25ta o'yin, 9ta gol, 4ta assist

So'nggi yillarda qanotda etakchilikni qo'liga olayotgan Xurshid G'iyosov bu mavsumda "Bunyodkor"ning eng yaxshi futbolchisi bo'la oldi. Agarda Farrux Ikromov mavsum o'rtasida jarohat olmaganida, balki uni etirof qilayotgan bo'lishimiz mumkin edi. Ikki qanotda, zarur pallada hujum chizig'ida ham shay holatda bo'ladigan yarim himoyachi endilikda AGMK safini to'ldirishi kutilmoqda. 

Davogarlar: Lutfulla To'raev, Farrux Ikromov

"Navbahor": O'tkir Yusupov

2021 yildagi statistikasi: 26ta uchrashuv, 12ta quruq o'yin

Superliga-2021 ramziy terma jamoasiga kiritildi

O'tkir Yusupov bu mavsumda "Navbahor"ning haqiqiy qalqoniga aylandi, desak yanglishmaymiz. Aksariyat bahslarda u jamoasini o'ta muqarrar gollardan qutqarib qoldi. U bunda "So'g'diyona" posboni Milan Mitrovich bilan deyarli bir xil natija qayd etdi (19ta uchrashuv, 12ta quruq bahs). Qilgan mehnatlari esa samarasiz ketmadi, ko'pchilik kutganidek Srechko Katanec uni oktyabr va noyabr oyidagi yig'inlarga taklif qildi. Gruziya bilan bahsda esa asosiy tarkibda ishonch bildirdi. O'tkir Yusupov terma jamoaning Yaponiya bilan o'yiniga ham jalb etildi. 

"Lokomotiv": Aziz Amonov

2021 yilgi statistikasi: 26ta o'yin, 8ta gol, 4ta assist

Superliga-2021 ramziy terma jamoasiga kiritildi

Mikael Sekeyra "Lokomotiv"dagi bir mavsumlik faoliyati davomida bizga Aziz Amonovni qayta kashf qilib berdi. Aslida ushbu futbolchini avvaldan beri yaxshi bilamiz. Lekin bu qadar yorqin to'p tepganini eslay olmaymiz. Fikrimizcha o'zi uchun ham bu yil yaxshi mavsum o'tkazdi. Terma jamoa murabbiylarining nazariga tushdi. Yakunda Superliganing ramziy terma jamoasidan o'rin egalladi. 

Davogarlar: Diyor Turopov, G'ulom-Haydar G'ulomov


Sizning fikringiz qanday? Tez fursatlarda maqolamizning ikkinchi qismini mutolaa qilasiz. 

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика