Dovbik jarohat sabab Ukraina terma jamoasidan Rimga qaytdi, "Roma" SHomurodovni keyingi o'yinga qo'yishi mumkin
07 sen 2024 20:48
Yangiliklar
Dovbik jarohat sabab Ukraina terma jamoasidan Rimga qaytdi, "Roma" SHomurodovni keyingi o'yinga qo'yishi mumkin
"Roma" Artyom Dovbikning so'nggi jarohatini o'rganmoqda.
Ukrainalik hujumchi son mushagidagi davomli og'riq sabab terma jamoadan qaytishga majbur bo'ldi.
Dovbik jarohatni "Roma"ning "Yuventus"ga qarshi o'yinida olgan va shunga qaramay Millatlar ligasi o'yinlari oldidan Ukraina terma jamoasi ixtiyoriga yo'l olgandi. Yakunda hujumchi jarohatni tiklashda davom etish uchun "Roma"ga qaytib keldi.
"Jallorossi" Dovbikni xalqaro tanaffusdan keyingi "Jenoa"ga qarshi bahsga qadar qaytarmoqchi. II Messaggero'ning xabar berishicha, klub kerak bo'lishi mumkinligi sabab Eldor SHomurodovni asosiy tarkibga qo'yishni o'ylamoqda.
De Rossi shuningdek Paulo Dibaladan "to'qqizlik"da foydalanishi mumkin.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
"Барселона" собиқ президенти: "Бизда Месси, Хави ва Иньеста борлиги учун ғалаба қозонганмиз. Ёки Европада ҳам Негрейра ғалаба қозониб берганми?"
Fikrlar