So’nggi yangiliklar

13:58Суперлига. Плей-офф: "Арал" "Бухоро" билан рўбарў келмоқда (онлайн ҳисоб)  7 13:39Шомуродов рамзий жамоадан жой олди  0 12:40TVCOM'да бугунги тақвим: Суперлигага ўтиш ўйини, “Челси” сафарда ва бошқалар  1 12:38"Рома" Дибаланинг жамоадаги келажаги бўйича қарор қабул қилди  0 12:10Санжар Қувватов собиқ жамоасига қайтди  7 11:43Водий клублари Ўзбекистон МТЖ аъзосига даъвогарлик қилмоқда  4 11:18Ўзбекистонлик футболчи Косовога йўл олмоқда  2 10:42Алонсонинг ўрнига яна бир даъвогар пайдо бўлди  3 10:15"Навбаҳор" келаси мавсум уй учрашувларини қайси стадионда ўтказиши маълум  13 09:46Кечаги аламли натижадан сўнг Аморим нималар деди?  3 09:18ОКМК етакчиларидан бир легионер бўлишга яқин  4 08:50The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди  12 08:17"Андижон" етакчиларидан бир фаолиятини Тошкентда давом эттиради  3 07:46Суперлига плей-офф. Бугун келаси мавсумнинг сўнгги Суперлига иштирокчиси аниқланади  15 03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  1

Doston Tursunov: Turnir jadvalida yanada teparoqda turishimiz mumkin edi Yangiliklar

Doston Tursunov: Turnir jadvalida yanada teparoqda turishimiz mumkin edi

Olimpik - So'g'diyona (1:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar himoyachisi Doston Tursunov o'yin haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

«Oyin keskin kurashlarga boy o'tdi. Raqibimiz chempionlik uchun kurashayotgan jamoalardan hisoblanadi. Ular asosan yakkakurashlarga asoslangan futbol ko'rsatishadi. Ularni yaxshilab o'rganib chiqdik. Ular asosan uzun uzatmalar orqali harakat qilishadi. Rejalarini amalga oshirmaslikka harakat qildik. O'yin bizning nazoratimizda o'tdi va biz ushbu bahsda g'alaba qozondik»,-dedi Doston Tursunov.

Doston Tursunov himoyadan ko'ra ko'proq hujumda o'ynadi. Bu siz uchun qanchalik qiyinchilik tug'dirdi?

Bugun biz asosan hujum qildik. SHu sababli ham ko'proq hujumda o'ynashga harakat qildim. Hozirgi zamonaviy futbolda qanot himoyachilari ko'proq hujumda o'ynashga harakat qiladi va biz ham shunga harakat qilmoqdamiz.

Hammaga manzur bo'layotgan jamoa 17 ta turdan so'ng turnir jadvalida 22 ochko bilan 7 o'rinda ketmoqda. Bu jamoaga yanada teparoqda bo'lishi uchun nimalar etishmadi?

Turnir jadvalida yanada teparoqda turishimiz mumkin edi. “Olimpik” jamoasi ilk bor Superligada ishtirok etmoqda, shu sababli bo'lsa kerak bizga ozgina tajriba etishmayapti. Ko'p o'yinlarda g'alaba qozonsak bo'lardi. Ko'proq durang o'ynadi va ko'plab ochkolarni yo'qotdik. CHempionat davomida yanada yaxshi harakat qilib, teparoqda bo'lishga harakat qilamiz.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика