Doston Hamdamov: "Superliganing yangi mavsumi oson o'tadi"
13 fev 16:43
Yangiliklar
Doston Hamdamov: "Superliganing yangi mavsumi oson o'tadi"
– Yangi mavsumga tayyorgarlik qanday o'tmoqda?
– Hozir tayyorgarlik jarayonidamiz. Asosan, jismoniy holatga urg'u qaratganmiz. Bugungi bahsda futbolchilar biroz asabiylashdi. Raqib ham javob qaytardi, o'yin shunaqa keskin tus oldi deb o'ylayman.
— Ketma-ket o'yinlar va mashg'ulotlar, charchoq alomati bo'lishi ham mumkin...
— Bo'lishi mumkin, lekin baribir chempionatga tayyorgarlik ko'ryapmiz. Xudo xohlasa, Superliga oson bo'ladi.
— Birinchi bo'limda ikkita yaxshi vaziyat bo'ldi. Nima deb o'ylaysiz, balki o'sha sof hujumchi yo'qligi pand berdimi?
— Yo'q, futbolda bo'lib turadi. To'p darvozaga kirmadi, xullas. Bu borada mashg'ulotlarda ish olib boramiz.
— Superliganing yangi mavsumiga ham oz vaqt qolyapti. So'ramoqchi bo'lganim, bugun shunaqa xabar tarqaldi: "Paxtakor" safiga polshalik hujumchi kelishi mumkin ekan. Eshitdingizmi?
— Ha, bugun eshitdim. Kelib, jamoaga yordam bersa, nur ustiga alo nur bo'lardi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Умид Ҳамроев учрашув қаҳрамони бўлган баҳсда "Бухоро" "Навбаҳор"ни меҳмонда мағлуб этди
Дональд Трамп "Интер Майами" футболчилари билан учрашувда: "Месси Пеледан кучлироқ"
Суперлига. Перица дублга эришган баҳсда "Нефтчи" йирик ҳисобдаги ғалабани тантана қилди
ЛаЛига. "Реал Мадрид" меҳмонда "Сельта"ни қийинчилик билан мағлуб этди
Fikrlar