Doniyor Abdumannopov: "Maqsad doim yuqori qo'yiladi. Amalda ko'rsatish kerak"
13 fev 10:45
Yangiliklar
Doniyor Abdumannopov: "Maqsad doim yuqori qo'yiladi. Amalda ko'rsatish kerak"
Jumladan, Doniyor Abdumannopov ham murabbiylar ko'rsatmalarini bajarish, o'z mahoratini oshirish ustida jiddiy mehnat qilmoqda. Klub matbuot xizmati futbolchi bilan yig'in haqida suhbat uyushtirdi.
— Antaliya yig'ini yuqori kayfiyatda o'tayotganini ko'ryapmiz. Tayyorgarlik jarayoni haqida nima deysiz?
— Assalomu alaykum. Yig'in yaxshi o'tyapti. Qishki tayyorgarlikda asosiy etibor jismoniy holatga qaratiladi. Jamoaga yangi futbolchilar keldi, ular bilan bir-birimizni tushunish uchun ko'proq o'yinlar o'tkazyapmiz. O'yindan o'yinga jamoaviy harakatlar yaxshilanmoqda. Xudo xohlasa, chempionatga yaxshi formada boramiz.
— Yig'in davomida o'rtoqlik uchrashuvlari ham tashkil etilmoqda. Xorij klublariga qarshi bahslar sizga nimalar beryapti?
— Har bir o'yinda o'z harakatlarimni tahlil qilayapman. Asosan xatolar ustida ishlayapman.
— Yangi mavsumda jamoa oldiga jiddiy maqsadlar qo'yilgan. Shaxsan o'zingiz yangi mavsumdan nimalar kutyapsiz?
— Maqsad doim yuqori bo'ladi. Buni amalda isbotlash kerak. Biz harakat qilamiz va qolganini Yaratgandan so'raymiz.
— Yangi mavsumni So'g'diyonaga qarshi o'yin bilan boshlaysizlar. Ilk tur muhitini qanday tasavvur qilyapsiz?
— "Bobur arena"da muxlislar qo'llab-quvvatlashi doim ajoyib bo'ladi.
— "Andijon" safida 33-raqamni tanladingiz. Bu raqam nima bilan bog'liq?
— 33-raqamda aynan "Andijon"da futbol o'ynay boshlaganman. Shuning uchun men uchun qadrli raqam hisoblanadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar