So’nggi yangiliklar

12:58"Манчестер Юнайтед" Дюмфрисни нишонга олди  0 12:25Нико Пас "Реал" туфайли "Манчестер Сити", "Ливерпуль”, "Челси" ва "Арсенал" таклифларини рад этди  2 12:00TVCOM'да бугунги тақвим: "Челси", "Ман Сити", "Ливерпуль", "Реал" ва бошқалар  0 11:51"Атлетико" "Бавария" ярим ҳимоячиси Горецкага қизиқиш билдирмоқда  0 11:29"Насаф": Абдувоҳид Неъматов билан шартнома узайтирилди  6 10:44Уэйн Руни Жуд Беллингем ҳақида фикр билдирди  0 10:16Сака "Арсенал" тарихидаги энг кўп маош оладиган футболчига айланади  0 09:49"Арал" тўпурари фаолиятини Суперлигада давом эттиради  0 09:23"Навбаҳор" футболчиси ОКМКни танлади  1 08:56"Хоразм" футболчисига Суперлиганинг 4 клубидан қизиқиш бор  0 08:30"Андижон" дарвозабони Қирғиз Республикасида "Йил футболчиси" бўлди  3 08:02Забиҳилло Ўринбоевнинг "Навбаҳор"даги тақдири маълум  5 07:36"Пахтакор" футболчиси ОКМКга ўтмоқда   1 02:27Бундеслига. "Боруссия Д" ўз майдонида "Боруссия М"ни мағлуб этди  0 02:10Италия Суперкубоги. "Болонья" ярим финалда "Интер"ни мағлуб қилди ва финалга йўл олди!  9

Dmitrie Pobulich: "Yarim himoyadagi raqobat? Biz bir jamoa, yani "Bunyodkor"miz" Yangiliklar

Dmitrie Pobulich: "Yarim himoyadagi raqobat? Biz bir jamoa, yani "Bunyodkor"miz"

Teglar :  Dimitrie Pobulich
"Bunyodkor"ning serbiyalik yarim himoyachisi Dmitrie Pobulich "So'g'diyona" bilan uchrashuvdan oldin fikrlarini bildirdi.

Saytimiz muxbiri Abdulaziz Iskandarov bilan bo'lgan suhbatda futbolchi ikkinchi davraga tayyorgarlik, Minsk yig'ini va poziciyasidagi raqobat haqida ham to'xtalib o'tdi. 

"Hujjatlar bilan bog'liq muammolar tufayli birinchi davrada maydonga tushganim yo'q. O'ylaymanki, hammasi ortda qoldi. Jamoaga yordam berishga tayyorman. O'ylaymanki, ikkinchi davrada nimalarga qodirligimni ko'rsataman",- deydi Pobulich. 

- Klub yozgi transferlar vaqtida yarim himoya chizig'ini kuchaytirishga erishdi. Natijada yaxshigina raqobat yuzaga keldi...

- Raqobat bo'lgani juda yaxshi. Biz hammamiz bir jamoa yani "Bunyodkor"miz. Hozirda yaxshi formadamiz. Oldinda Superliga va kubok bahslari bor. Tarkibda tanlov imkoniyati keng.

- Minsk yig'inidan qanday xulosalar chiqarildi? 

- Ikki hafta katta kuch bilan ishladik. Biz chempionat startiga shaymiz. Oldinda "So'g'diyona" bilan bahs kutib turibdi. Ikkinchi davrani g'alaba bilan boshlash yoqimli. 

- Birinchi davradagi chempionat bahslarini tashqaridan kuzatdingiz...

- Bu erda hamma jamoadan ochko olish mumkin. Superliga sifatli tarzda o'tyapti. Ligada o'sish va oldinga intilishni sezdim. "Bunyodkor"ning maqsadi har bir o'yinda yuz foiz kuch bilan o'ynash. O'zbekiston kubogini qo'lga kiritish va mavsumni yuqori o'rinlarda yakunlashni istaymiz.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика