So’nggi yangiliklar

12:58"Манчестер Юнайтед" Дюмфрисни нишонга олди  0 12:25Нико Пас "Реал" туфайли "Манчестер Сити", "Ливерпуль”, "Челси" ва "Арсенал" таклифларини рад этди  2 12:00TVCOM'да бугунги тақвим: "Челси", "Ман Сити", "Ливерпуль", "Реал" ва бошқалар  0 11:51"Атлетико" "Бавария" ярим ҳимоячиси Горецкага қизиқиш билдирмоқда  0 11:29"Насаф": Абдувоҳид Неъматов билан шартнома узайтирилди  6 10:44Уэйн Руни Жуд Беллингем ҳақида фикр билдирди  0 10:16Сака "Арсенал" тарихидаги энг кўп маош оладиган футболчига айланади  0 09:49"Арал" тўпурари фаолиятини Суперлигада давом эттиради  0 09:23"Навбаҳор" футболчиси ОКМКни танлади  1 08:56"Хоразм" футболчисига Суперлиганинг 4 клубидан қизиқиш бор  0 08:30"Андижон" дарвозабони Қирғиз Республикасида "Йил футболчиси" бўлди  3 08:02Забиҳилло Ўринбоевнинг "Навбаҳор"даги тақдири маълум  5 07:36"Пахтакор" футболчиси ОКМКга ўтмоқда   1 02:27Бундеслига. "Боруссия Д" ўз майдонида "Боруссия М"ни мағлуб этди  0 02:10Италия Суперкубоги. "Болонья" ярим финалда "Интер"ни мағлуб қилди ва финалга йўл олди!  9

Diyor Xolmatov: "Umid qilamanki, ikkinchi davrada tartibli futbol ko'rsatib, chempionga aylanamiz" Yangiliklar

Diyor Xolmatov: "Umid qilamanki, ikkinchi davrada tartibli futbol ko'rsatib, chempionga aylanamiz"

"Paxtakor"ning bugungi mashg'ulotlaridan so'ng yarim himoyachi Diyor Xolmatov bilan suhbatlashdik.

Mahoratli futbolchi bir nechta savollarimizga javob qaytardi.

- Ikkinchi davraga tayyorgarlik qalay ketyapti?

- Mashg'ulotlar jadallik bilan olib borilmoqda. Murabbiy qattiqqo'l va tartib-intizomga jiddiy qarayapti. Ikkinchi davraga tayyormiz. O'ylaymanki, "Dinamo" bilan uchrashuvda chiroyli o'yin ko'rsatamiz.

- Yangi bosh murabbiy Maksim SHackix haqida nima deya olasiz?

- U tartibga jiddiy ahamiyat qaratadigan murabbiy ekan. Ulkan tajribasi borligi sezilib turibdi. Har bir futbolchi bilan individual shug'ullanmoqda. 

- Birinchi davrada sizda jismoniy tayyorgarlik bo'yicha kamchilik sezilgandi...

- Hammada o'z uslubi bor. Hozir biz ko'proq jismoniy holat ustida ishlayapmiz, bunga jiddiy ahamiyat beryapmiz. Umid qilamanki, ikkinchi davrada tartibli futbol ko'rsatib, chempionga aylanamiz.

- Superliga birinchi davrasida juda kam, yani bor-yo'g'i 5 ta o'yin o'tkazdingiz. Vaholanki, undan oldingi mavsumda nisbatan ko'proq harakat qilgansiz. Hozirgi holatingizdan kelib chiqib ikkinchi davrada ko'proq o'yinda qatnashaman, deb o'ylaysizmi?

- Har bir murabbiyning o'z rejasi bo'ladi. Ha, birinchi davrada kam o'ynadim. Biroq bu o'z aybim bilan yuzaga keldi degan fikrdaman. Ehtimol, o'z ustimda kamroq ishlagandirman. Hozir raqobat kuchli. O'ylaymanki, ayni paytda har taraflama yaxshi sport formadaman.

- Siz uchun eng qulay poziciya qaysi?

- Men uchun eng qulayi – qanotda o'ynash. Murabbiy qaysi chiziqqa qo'ysa, jamoaga o'sha erda foyda keltirishga harakat qilaman.

Yangi legionerlar qatnashgan "Paxtakor"ning bugungi mashg'ulotidan GALEREYA

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика