So’nggi yangiliklar

11:32"Интер"нинг асосий трансфер мақсади маълум қилинди  0 11:07Тома Табатадзе "Бухоро"га ўтиши мумкин  0 10:07Месси пеналтисиз голлар бўйича Роналдуни ортда қолдирди  22 09:52"Ньюкасл" Исакни сотиш ниятида эмас — клуб унинг нархини 173 миллион еврога кўтарди  1 09:24"Барселона" "Реал" юлдузини кўзламоқда — футболчи билан алоқа ўрнатилди  25 08:48"Нефтчи" таркибига нигериялик футболчи қўшилди  5 08:26Эрон клуби Одил Ҳамробеков трансфери учун "Бунёдкор"га қанча тўлади?  1 07:52"Интер Майами" "Ред Буллз"ни 5:1 ҳисобига ютди — Мессидан дубль  24 07:10"Бунёдкор" дарвозабони ОКМКга ўтди  0 00:44"Барселона" Рэшфордни 30-35 млн еврога сотиб олиш ҳуқуқига эга бўлади. МЮ 50 млн хоҳлаганди  3 00:12"Реал" ярим ҳимоячисини 20 млн еврога сотмоқчи  1 23:27Икки футболчи "Машъал" билан хайрлашди  0 22:53Ўзбекистон U-23 ўртоқлик ўйинида "Бунёдкор" билан дуранг ўйнади  5 22:16Эшитдик-да! "Андижон"ни тарк этган дарвозабон Тошкент клубига ўтмоқда  1 22:04"Шўртан" 7 та гол урилган ўйинда амалдаги чемпион "Насаф"ни мағлуб этди  4

Diyor Imomxo'jaevdan: Muxlisni aldab bo'lmaydi Yangiliklar

Diyor Imomxo'jaevdan: Muxlisni aldab bo'lmaydi

Futbol o'z ananalari bilan chiroyli, har qanaqasiga olib qaraganda ham. Uning bu jihatlarini hurmat qilishni istamagan kishilar ko'p hollarda pand eganiga guvoh bo'lganmiz.

Bir necha yillik chiroyli ananalarning birgina yoki bir necha shaxs tufayli o'zgarib ketishi muxlislarga og'ir botishiga ko'plab misollarni qalashtirish mumkin.Men bugun shularning faqat bittasiga - o'zimizga tegishlisiga to'xtalib o'tishni istardim.

Maktabda o'qib yurgan kezlarim sinfdoshlarim bilan “Paxtakor” ishtirokidagi markaziy o'yinlarni ko'rishga borib turardik. Bugun choyxonada o'sha yigitlar bilan birga bo'lib, ularning ko'pi hozir futbolga umuman qiziqmasligi haqida o'ylab qoldim. Lekin o'sha vaqtlarda “Paxtakor” stadioniga oshiqishar, futbolga mehri bo'lakcha bo'lgan mendan avvalroq chipta muommosini hal qilish haqida qayg'urishardi. Jamoani stadiondan turib qo'llab-quvvatlash ularga zavq bag'ishlardi.

Bugun esa o'sha “Paxtakor” stadioni huvillab qolgan. Menga turli sabablarni ro'kach qilib ko'rsatishlari ortiqcha. Balki dodam davridagi anshlaglar haqida gap ketib, mening o'zim muxlis to'la stadionni ko'rmaganimda edi, balki ishontirish osonroq bo'lardi. Biroq men “Metallurg”ga qarshi yomg'irli havoda kechgan uchrashuvga-da oqib kelgan muxlislarni o'z ko'zim bilan ko'rganman, keyinroq ularning qadami stadiondan uzilib qolganini ham.

Men qaysidir insonni bunga aynan aybdor deb ko'rsatishni istamasdim. Biroq ishqibozlar tashrifining keskin kamayishi aynan qaysi yillardan boshlanganini men kabi siz ham yaxshi bilasiz. Jamoa haddan tashqari kuchayib ketdi. Biroq “Paxtakor”ning yurishlari muxlislar mehrini toshirib yubormadi. Har qancha urinmang, fikrimni o'zgartirmayman: tomoshabinni aldab bo'lmaydi.

Ha, aldashning iloji yo'q... maqolaning davomini "Erudit Sport" saytida o'qish mumkin.



Reyting: +29   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика