"Dinamo" stadionida yangi projektor lampalari o'rnatilmoqda
12 avg 2024 16:43
Yangiliklar
"Dinamo" stadionida yangi projektor lampalari o'rnatilmoqda
Stadionda tamirlash ishlari olib borilganidan keyin yangi lampalar olib kelish bo'yicha shartnoma imzolandi. Biroq yangi chiroqlarning keltirilishi belgilangan muddatdan biroz kechikdi. Kuni kecha "Dinamo" stadioni uchun buyurtma qilingan yangi projektorlar yurtimizga etib keldi va so'ngi ikki kun davomida Samarqandda yangi lampalarni o'rnatish ishlari olib borildi. Kecha yangi lampalarning dastlabki qismi o'rnatib bo'lindi. 11 avgust kuni tunda Liga komissari "Dinamo" stadioni yoritish tizimini o'lchash ishlarini olib bordi va hozirda projektorlar yoritish darajasi 1665 lyuksni ko'rsatmoqda.

Stadionga yangi chiroqlarning ikkinchi partiyasini o'rnatish va so'ngra ularni sozlash ishlari yana 4 kun davomida olib boriladi va yakunda stadionning yoritish darajasi Liga talab qilganidek 1800 lyuksga etkaziladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar